2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Oqariqobod” mahallasi obod va fayzli go‘shaga aylandi

Farg‘ona viloyatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 38 ta qishloq va mahallalarda qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.

Farg‘ona shahridagi “Oqariqobod” mahalla fuqarolar yig‘ini obod maskan sifatida yanada ko‘rkam qiyofa kasb etayotir.

Bir yarim ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladigan hududda ko‘plab muammolar yig‘ilib qolgan edi. Qisqa vaqt ichida “Obod mahalla” dasturi asosida keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.  Besh milliard so‘mdan ortiq mablag‘ hisobiga 4 kilometrdan ortiq ichki yo‘llarga shag‘al yotqizilib, asfaltlandi, piyodalar yo‘laklari bunyod etildi. 7 kilometr toza ichimlik suvi quvuri tortildi, 1 ta suv minorasi ko‘tarilib, tik quduq ta’mirlandi, 57 ta temir-beton tayanchlar, 1 ta yuqori quvvatli transformator o‘rnatildi, 2 tasi joriy ta’mirlandi, 2 kilometrdan ortiq masofaga elektr tarmog‘i tortildi. Ko‘chalar bo‘ylab yoritish chiroqlari o‘rnatildi, mahallada bolalar o‘yin maydonchasi paydo bo‘ldi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida qurib bitkazilgan “Oqariqobod” mahalla fuqarolar yig‘ini yangi binosining ochilishi katta tantanaga aylandi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, hududlarda amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu sa’y-harakatlar aholini hayotdan rozi qilishga xizmat qilayotganligini ta’kidladi.

Tadbirkor Davronbek Madaliyev tomonidan qurilgan mahalla majmuasida barcha sharoitlar yaratilgan. Bu yerda xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalari, tikuvchilik sexi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Asosiysi, mahalla yoshlari uchun yigirmadan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.  

Dastur asosida 39-sonli maktab ham ta’mirlanib, yangi sport zali bunyol etildi. Viloyat rahbari bu yerdagi sharoitlar bilan tanishdi. Mahalla oqsoqollari muloqot chog‘ida “Bizning mahalla ham "Shodiyona"dan qolishmaydi”, – deya o‘zgarishlardan quvonchda ekanliklarini yana bir bor ifoda etishdi.

 

20.11.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar