
Andijon shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Besh muhim tashabbus” doirasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlar g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi, xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan “Besh tashabbus – Andijonda” shiori ostida tashkil etilgan taqdirlash marosimida Xalq ta’limi vazirligining “Beshta tashabbus – san’at bilan”, “Beshta tashabbus – sport bilan” hamda “Beshta tashabbus – axborot-texnologiyalari bilan” yo‘nalishlarida o‘tkazilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan maktablar jamoalarining 300 nafardan ziyod o‘quvchi va o‘qituvchilar munosib rag‘batlantirildi.
Tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Andijon viloyatidagi maktablar jamoalariga Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1 milliard so‘mlik sport jihozlari, robototexnik konstruktorlar va musiqiy asboblari jamlanmalari topshirildi.
– Maktabimiz xor jamoasi “Beshta tashabbus – san’at bilan” tanlovining respublika bosqichida g‘oliblar safidan joy oldi, – deydi Xonobod shahridagi 1-umumta’lim maktabi direktori Doniyorbek Turdiyev. – Xor jamoamizning har bir a’zosi musiqa asboblari bilan taqdirlandi. Endi ularning ijod qilish, o‘z iqtidorlarini yuzaga chiqarish imkoniyatlari yanada kengaydi. Qolaversa, e’tibor va rag‘bat o‘quvchilarimizga shijoat bag‘ishlab, ularni yuksak marralar sari ilhomlantiradi.
Tadbirda maktablarning san’at jamoalari, iqtidorli o‘quvchilar tomonidan badiiy dastur namoyish etildi.
Tadbir so‘nggida g‘oliblar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan ramziy bayroq ko‘tarildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |