2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Besh muhim tashabbus” tanlovi g‘oliblari rag‘batlantirildi

Andijon shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Besh muhim tashabbus” doirasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlar g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan “Besh tashabbus – Andijonda” shiori ostida tashkil etilgan taqdirlash marosimida Xalq ta’limi vazirligining “Beshta tashabbus – san’at bilan”, “Beshta tashabbus – sport bilan” hamda “Beshta tashabbus – axborot-texnologiyalari bilan” yo‘nalishlarida o‘tkazilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan maktablar jamoalarining 300 nafardan ziyod o‘quvchi va o‘qituvchilar munosib rag‘batlantirildi.

Tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Andijon viloyatidagi maktablar jamoalariga Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1 milliard so‘mlik sport jihozlari, robototexnik konstruktorlar va musiqiy asboblari jamlanmalari topshirildi.

– Maktabimiz xor jamoasi “Beshta tashabbus – san’at bilan” tanlovining respublika bosqichida g‘oliblar safidan joy oldi, – deydi Xonobod shahridagi 1-umumta’lim maktabi direktori Doniyorbek Turdiyev. – Xor jamoamizning har bir a’zosi musiqa asboblari bilan taqdirlandi. Endi ularning ijod qilish, o‘z iqtidorlarini yuzaga chiqarish  imkoniyatlari yanada kengaydi. Qolaversa, e’tibor va rag‘bat o‘quvchilarimizga shijoat bag‘ishlab, ularni yuksak marralar sari ilhomlantiradi.

Tadbirda maktablarning san’at jamoalari, iqtidorli o‘quvchilar tomonidan badiiy dastur namoyish etildi.

Tadbir so‘nggida g‘oliblar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan ramziy bayroq ko‘tarildi.

19.11.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar