2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qorako‘lda uch avlod uchrashdi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani ichki ishlar bo‘limi tashabbusi bilan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi. Unda sohaning bir guruh tajribali faxriylari taklif etildi.

Tuman  ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Jamshid Rasulov ichki ishlar organlari tizimida mehnat qilayotgan yosh xodimlarni sohaga yo‘naltirish, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, vatanga sadoqat ruhida, o‘z burchiga fidoyilik bilan yondosha oladigan chinakam vatan o‘g‘lonlari sifatida tarbiyalashda mazkur tadbir muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Prezident rahnamoligida o‘tgan davr mobaynida ichki ishlar organlari tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani qayd etildi.

Faxriylar hozirgi kunda o‘zlari bir vaqtlar mehnat qilib ketgan maskanda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Tizimda “ustoz-shogird” an’analarini davom ettirish, soha fidoyilarining boy amaliy tajribasidan yoshlarni ko‘proq bahramand etish muhim tarbiyaviy vosita sanaladi. Mehrga yo‘g‘rilgan suhbatlar "O‘zbegim" tantanalar majmuasida tashkil etilgan bir piyola choy ustida davom etdi.

Yoshi ulug‘ faxriylar o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, mustaqillik bergan imkoniyatlar  xususida gapirib berdi. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot sari dadil odimlari samimiy suhbatlar, muloqotlarning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Tadbirda Qorako‘l tuman hokimi Sherali Salomov boshchiligidagi sektor rahbarlari ham qatnashdi. Uchrashuvda o‘z burchini sitqidildan ado etayotgan fidoyi xodimlarga faxriy yorliq, 7 nafar xodimga esa navbatdagi maxsus unvonlar topshirildi. Ayrim xodimlar tashakkurnoma va  qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

San’at ustalari ijrosidagi madaniy dastur ishtirokchilarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

08.11.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar