
Kuni kecha hokimlik binosida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘icha tuzilgan sektorlar rahbarlari tomonidan sayyor qabul tashkil qilindi.
Sayyor qabulda tuman hokimi S.Yo‘ldashev, tuman prokurori J.Muftillaev, IIB boshlig‘i D.Ibragimov hamda DSI boshlig‘i B.Kamolovlar tegishli hududlar bo‘yicha jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini tingladi.
Aytish kerakki, tuman hokimi nomiga shu yilning o‘tgan 9 oyi davomida 652 ta murojaatlar kelgan. Shu davrda jismoniy va yuridik shaxslardan O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari orqali jami 159 ta murojaat kelib tushgan. Shularning 21 tasi qanoatlantirilib, 134 ta murojaat egalariga tushuntirishlar berilgan. 4 ta murojaat esa ayni kunlarda ko‘rib chiqilmoqda.
Virtual qabulxona orqali esa 232 ta murojaatlar kelgan. Shularning 8 tasi qanoatlantirilib, 214 ta murojaat egalariga tushuntirishlar berilgan.
Sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda jami 20 ga yaqin murojaatlar tinglandi. Murojaatlarning aksariyat qismini shaxsiy va kundalik maishiy muammolar emas, balki fuqarolarning o‘zlari yashayotgan ko‘chalarni asfalьt qilish, bolalar bog‘chalari qurish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, xalqqa xizmat qilish kabi masalalarda yordam so‘rab qilgan murojaatlari tashkil qildi.
Sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘rganish va tezkorlik bilan hal qilish uchun tegishli muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |