
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi Xalq qabulxonasiga joriy yilning 9 oyi davomida 518 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Bu esa o‘tgan yildagiga nisbatan oshgan. Murojaatlar sohalar bo‘yicha taxlil qilinganda mehnat va aholi bandligi borasida 78 ta, moddiy yordam masalasida 32 ta, tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha 38 ta va boshqa masalalarda 370 ta murojaatlar kelib tushgan.
Qorovulbozor tumani Xalq qabulxonasi va sektor rahbarlari tomonidan hisobot davrida 157 ta sayyor qabul o‘tkazilgan. Ularda 314 ta masalada turli sohalarga oid murojaatlar qabul qilingan.
–Mazkur masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qorovulbozor tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilib borilmoqda, – deydi Xalq qabulxonaga mudiri Nusrat Istamov.
–Kamchilikka yo‘l qo‘ygan mutasaddi rahbarlarga nisbatan qonunchilik doirasida jazo choralari ko‘rilmoqda. Achinarlisi, murojaatlarning tahlili o‘tgan yilga nisbatan oshganligini ko‘rsatmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |