
Andijon viloyati prokurori G‘ayratjon Fozilov Andijon shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish, odamlarni murojaat qilishga majbur qilayotgan muammolarni joyida bartaraf etish bo‘yicha belgilab berilgan muhim vazifalardan kelib chiqib, viloyat prokurori tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning turli masalalar yuzasidan murojaatlari eshitildi.
Viloyat prokurori sayyor qabulga kelganlarga Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan shior jamiyatimizda ustuvor ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, murojaat qiluvchilarga ularni qiynayotgan masalalar bo‘yicha taklif, e’tiroz va mavjud muammolarni ochiq-oydin bayon etishlarini so‘radi.
Qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarning 50 dan ziyod murojaatlari eshitildi. Murojaatlarning 33 tasi joyida ijobiy hal etildi, 1 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Jumladan, murojaat qilgan fuqarolarning 4 nafariga nogironlik aravachasi, 5 nafariga eshitish moslamasi, 5 nafariga bepul davolanish uchun yo‘llanma, 1 nafariga maxsus xassa, 2 nafariga tikuv mashinasi, 1 nafariga kompyuter jamlanmasi, 10 nafariga suyultirilgan gaz baloni, 4 nafar fuqaroga uyini ta’mirlash uchun qurilish mollari berildi, 1 kishi ishga joylashtirildi,
Shuningdek, sayyor qabulda qo‘shimcha o‘rganish yoki bajarilishi ma’lum muddat talab etadigan 19 ta murojaat ijrosini ta’minlash mudasaddi idoralar rahbarlariga topshirilib, bajarilishi nazoratga olindi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |