2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Ayollar daftari” – xotin-qizlarga qanot

“Ayollar daftari” ro‘yxatiga kirgan ishsiz, ijtimoiy kam ta’minlangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish borasida "Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar bo‘limida ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

"Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan ijtimoiy kam ta’minlangan va sog‘ligida muammosi bo‘lgan 13 nafar fuqaro uchun 131 million 418 ming so‘m mablag‘ Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibidagi tibbiyot muassasalariga o‘tkazib berildi.

Bundan tashqari ishsiz, ammo biror-bir hunar bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 152 nafar fuqaroga 289 million so‘m pul mablag‘i hisobiga zamonaviy tikuv dastgohlari olib berildi.

– Ko‘pdan buyon ishsiz edim, – deydi yangiyerlik Sabohat Jo‘rayeva. – Lekin tikuvchilik bilan shug‘ullanish istagim bor edi. Ro‘zg‘orimdan orttirib, tikuv dastgohni olib, o‘z faoliyatimni boshlay olmayotgandim. "Ayollar daftari"ga kiritishdi va endi orzuyimga erishdim. Hozir tikuvchilik bilan uyda shug‘ullanyapman. Bolajonlar, qolaversa, xotin-qizlar uchun bejirim va chiroyli ko‘ylaklar tikyapman. Daromadim ham yomon emas. O‘z ustimda ishlab, faoliyatimni kengaytirmoqchiman.

Xotin-qizlar o‘z biznesini yo‘lga quyish uchun bir zum bo‘lsada tingani yo‘q. Muhimi, ro‘zg‘origa tikuv dastgohiga qo‘shilib shodlik, quvonch, baraka kirib keldi.

 

31.10.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar