2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Farg‘onada aholi murojaatlari bilan ishlashning holati qanday?

Hududlarda sektor rahbarlari, mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etilayotgan sayyor va kunlik qabullar aholi murojaatlari bilan ishlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Muloqotlarda odamlarni qiynayotgan, yillar davomida o‘z yechimini topmagan muammolar hal etilyapti.

Rahbarning qabuliga fuqarolar shunchaki vaqt o‘tkazish, oddiy bir ish bilan kelmaydi. Ularning dardini eshitish va amaliy hal qilish esa yanada mas’uliyat talab etadi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan holda hududiy sektor rahbarlari tomonidan 878 ta sayyor qabul o‘tkazildi. Ularda 7 ming 151 ta masalada murojaatlar qabul qilinib, 79,2 foizi qanoatlantirilgan.

O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarning qanoatlantirish darajasi ayrim shahar tumanlarda pastligicha qolmoqda. Jumladan, Furqat tumanida 41,1, Oltiariq tumanida 44,1, Buvayda tumanida 41,8 foizni tashkil etadi.

Viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan tizimli ravishda tashkil etilayotgan sayyor qabullar davomida ko‘plab muammolar ijobiy yechim topmoqda. Xususan, Prezidentning viloyatdagi Xalq qabulxonasida har kuni ish qizg‘in bo‘ladi.

– bugungi kunda rahbarlar quyi tizimga tushib, aholi talab va ehtiyojlari asosida ishlayotgani o‘z samarasini bermoqda, – deydi viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov. – Odamlarni murojaat qilishga majbur etayotgan muammolarni hal etishga alohida e’tibor qaratayapmiz. Viloyatimizdagi 1 ming 52 ta mahalla ichidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi past bo‘lgan 131 ta mahalla ajratib olinib, ularda sektor rahbarlari tomonidan obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, viloyatdagi tashkilot va mas’ul organlarning rahbarlari bilan birgalikda kunlik sayyor qabullar yo‘lga qo‘yildi.  

Viloyat hokimi o‘rinbosariga qabul davomida shahar va tumanlardan kelgan 28 ta fuqaro murojaat qildi. Uning 12 tasi joyida yechimini topdi, 3 tasiga tushuntirish berildi,13 tasi tegishli tashkilotlarga o‘rganish uchun yuborildi.

Shu bilan birgalikda ayrim sektor rahbarlarining loqaydligi bois shahar va tumanning o‘zida hal bo‘ladigan masalalarda fuqarolarning yuqori organlarga murojaatlari ko‘paymoqda. Ayniqsa, takror bo‘layotgan, yechilmay qolayotgan murojaatlar bu borada ularni mas’uliyatli bo‘lishga undashi kerak.

27.10.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришИшонч телефони5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar