
Samarqand viloyat sudida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda pensiyadagi faxriylar, bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan sudyalar va yosh sud xodimlari ishtirok etdi.
Viloyat sudi raisi O.Hayitov samarqandlik toʻrt nafar pensiya yoshidagi sudya va sud xodimlariga sudyalar Oliy kengashining “Oʻzbekiston sud faxriysi” guvohnomasini tantanali topshirdi va ustozlarni yuksak eʼtirof bilan tabrikladi.
– 1976 yilda o‘qishni tugatib, Samarqand tuman sudiga ishga kelganman. Shu bilan roppa rosa qirq yil uzluksiz ishlab, 2016 yilda pensiyaga chiqdim, - dedi sud faxriysi Shoista Jalilova. – Biz ishlagan davrlarda hozirgidek sharoitlar bo‘lmagan. Bino eski, zax, qishda sovuq bo‘lardi. Jihozlar ham, sharoitlar ham haminqadar edi. Bugun sudyalarga bo‘lgan e’tiborning qadriga yetib, har qancha fidoyilik bilan, sadoqat bilan ishlasangizlar arziydi. Biz keksalarga berilgan e’tibor uchun Prezidentimizga, Oliy sud va Sudyalar oliy kengashiga hamda viloyat sudi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.
Tadbirda viloyat sudi faxriylar kengashi raisi I.Saidov va sudyalar faxriylarni qutladilar. Yosh sudyalarga bugungi e’tiborga munosib bo‘lib faoliyat ko‘rsatish, hamisha adolat uchun xizmat qilish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |