Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Murojaatni ko‘rib chiqish muddatini buzgan xodim jazolandi

Aholi murojaatlariga etiborsizlik jazosi muqarrardir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jondor tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan joriy yilning 6 sentyabr kuni Xalq banki Jondor tuman filiali boshqaruvchisiga "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda murojaatni qonunda belgilangan muddatini buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni intizomiy jazolash masalasini hal qilish to‘g‘risida"gi 73-sonli taqdimnomasi chiqarilgan.

Taqdimnomaning ijrosi Jondor tumani Xalq qabulxonasi tomonidan nozoratga olindi. Joriy yilning 23 sentyabr kunida Xalq bankining ma’muriy binosida Xalq qabulxonasi xodimlari ishtirokida bank rahbari va mas’ul xodimlari o‘rtasida taqdimnoma muhokama qilindi.  

Muhokamada O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni va davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi   farmoyishi talablarining buzilganligi ko‘rsatib o‘tildi. Kelgusida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish hamda murojaatlarni muddati buzilishi holatlari qayd etilgan taqdirda qattiq intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi ta’kidlab o‘tildi.

Taqdimnomaga asosan Xalq banki Jondor tuman filiali yetakchi mutaxassisi Z.Barnoyevga nisbatan "Hayfsan" intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

13.10.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar