2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Uch avlod uchrashuvi” turli millat vakillarini yagona maqsad va buyuk g‘oyalar atrofida jamladi

Surxondaryo viloyatida “Uch avlod uchrashuvi”­ do‘stlik, ahillik, bag‘rikenglik va mehr bayrami bo‘lib o‘tdi.

Shu munosabat bilan hududlarda turli millat va sohalarning keksa, o‘rta hamda bugungi avlod vakillari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi. Qiziqarli lahzalarga boy bo‘lgan bu muloqotlarda barcha millat vakillari jonajon Vatan ­ yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida bir tan, bir jon bo‘lib birlashayotgani keng namoyon etildi.

Festivalning asosiy bayram tadbirlari Termiz shahridagi muhtasham Muz saroyida o‘tkazilib, unda davlat va jamoat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar vakillari, O‘zbekiston Qahramonlari, turli sohalarda fidokorona mehnat qilib, el-yurt hurmatiga sazovar bo‘lgan nuroniylar, faol yoshlar, Tojikiston va Turkmaniston davlatlarining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchilari, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikistonning O‘zbekistondagi elchixonalari mas’ullari ishtirok etdi.

Turli millat, elat va avlodlarga mansub yurtdoshlarimizni yagona ulug‘ maqsad yo‘lida bir davraga jamlagan festival doirasida dastlab viloyatning sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, millatlarning urf-odat hamda madaniyati ko‘rgazmasi namoyish etilgani barchaga birdek quvonch ulashdi. Tinch, obod va faravon Vatanda ahil-inoq yashayotganidan faxr-iftixor hissini tuydi.

Festivalning tantanali ochilish marosimida keyingi yillarda Vatanimizga chegaradosh davlatlar bilan do‘stlik, o‘zaro hamkorlik aloqalari keng yo‘lga qo‘yilib, chegaralarimizning ochilgani, nafaqat yurtimizdagi tinchlik, totuvlikni yanada mustahkamlash, balki yon qo‘shnilarimiz bilan qadimiy rishtalarimizni yangi bosqichda yuksaltirishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. 

30 июль­Халқаро do‘stlik kuninining keng nishonlangani ham hududda istiqomat qilayotgan turli millat vakillariga o‘zgacha shukuh bag‘ishlagani hususida fikr yuritildi. Bunday olamshumul voqealar vohada yashayotgan barcha millat vakillarining hududni yangi bosqichda rivojlantirishga bo‘lgan intilish va ishtiyoqini yanada kuchaytirgani qayd etildi.

Mustaqillik yillari viloyatda o‘zining samarali mehnati, do‘stlik va qardoshlik aloqalarini mustahkamlashdagi xizmatlari, yosh avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashdek ezgu ishlari tojik millatiga mansub 94 nafar, rus millatidan 31 nafar, turkman millatidan 19 nafar, tatar millatidan 8 nafar, ukrain millatiga mansub 5 nafar, koreys millatidan 3 nafar va boshqa millat vakillaridan besh nafari davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi. 12-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi, rus qizi Veronika Volodina Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovar bo‘ldi.

Tantanali tadbirda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari hamda jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shayotgan uch avlod vakillarining bir guruhiga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.

Ishtirokchilar bir piyola choy ustida dildan suhbat qurdi. El suygan san’atkorlar, milliy madaniy markazlar vakillarining Ona Vatan, do‘stlik, ezgulik va hamjihatlik, mehr-muhabbat va tinch-totuv hayot tarannum etilgan kuy-qo‘shiqlari barchada iliq taassurot o‘yg‘otdi.

Vohada istiqomat qilayotgan turli millat va uch avlod vakillarini bir dasturxon atrofida jamul-jam qilgan shodiyonada Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov so‘zga chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Tursinxon Xudoybergenov ishtirok etdi.

15.10.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar