Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Ommaviy qabullar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisining o‘rinbosari A.Usmanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Xalq qabulxonasi» rahbari H.Halimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Ibragimovalar tomonidan aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilash va yuz berayotgan muammolarga echim topish maqsadida Qonliko‘l tumanida ommaviy qabul tashkillashtirildi.

Ommaviy qabulda aholining ijtimoiy turmush tarzi, o‘rin olayotgan muammolar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan jami 25 ta turli mazmundagi qabul qilingan murojaatlarda bildirilgan takliflar asosida 9 nafar fuqaroga nogironlar aravachalari, 3 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi, 2 nafar fuqaroga tibbiy dori-darmonlar topshirildi.

Shuningdek, 1989-yilda kassaga qo‘yilgan omanot pulini olish, qiziga aliment puli o‘ndirish, davolanishi uchun yo‘llanma olish, bandlik, ta’lim va tadbirkorlikni boshlashi uchun kredit olish, turar joyi xujjatlarini rasmiylashtirish, «Yagona darcha» markazida ishlagan bir yillik ish haqisini olishda amaliy yordam berish bo‘yicha murojaatlar  tinglanib, ushbu murojaatlarni  o‘rganish uchun qator idoralar va tuman rahbarlariga tegishli ko‘tsatmalar berildi.

Ommaviy qabulda tuman hududidagi davlat idoralari, korxonalari bilan aholi fuqarolari ishtirok etishdi.

25.09.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar