2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Orolbo`yi qishloqlarining yangicha qiyofasi

Hududlarning yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini rivojlantirish, shu asosda aholi farovonligi va turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham “Obod qishloq” Davlat dasturi asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori F.Allambergenov Amudaryo tumanidagi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan “Xitoy” va “Jumurtov” ovul fuqarolar yig‘inlari hududlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish, qurilish va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. Mutasaddilar va aholi bilan uchrashib, ish samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.  

Tumandagi “Xitoy” ovulida jami 13 milliard 942 million so‘mlik ishlar bajarilishi belgilangan. Ayni kunlarda “Obod qishloq” dasturi doirasida mahalladagi 3,93 kilometr ichki yo‘lga qum shag‘al yotqizildi, 2,3 kilometr elektr energiyasi tarmog‘i tortilib, 1 transformator o‘rnatildi. Shuningdek 3,1 kilometr irrigatsiya tarmoqlarini yaxshilash, 1,1 kilometr piyodalar yo‘lagini qurish, 28 ta tungi ko‘cha yoritish chirog‘i o‘rnatish rejasi to‘lig‘i bilan bajarildi. Shinam va ko‘rkam zamonaviy qiyofada qad rostlagan mahallaning ma’muriy binosi aholiga sifatli xizmat qilish uchun tayyor.

Dastur doirasida mahalladagi 60 ta yakka tartibdagi uy-joyni ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 85 tasi ta’mirlandi. Bundan tashqari, qishloqdagi 45-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 1990 yilda qad rostlagan bo‘lsa, bog‘cha ma’muriyati o‘zlarining ichki imkoniyatlardan kelib amallab binoni ta’mirlab kelganlar. Shu kunga qadar kapital ta’mir ishlari yuritilmagan bolalar bog‘chasida endi haqiqatda qurilish ta’mir ishlari yuritilmasa, yaroqsiz ahvolga kelishi tabiiy edi. “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan bu maskanda ham qurilish ishlari boshlandi. Ilgari 90 bolani o‘z bag‘riga olgan bu bog‘cha qurilish ishlari sifatli yakunlangach 120 bolani qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

bugungi kunda Ellikqal’a tumanidagi “Qizilqum” va “Saribiy” ovul fuqarolar yig‘inlari “Obod qishloq” davlat dasturi harakatida. Dastur doirasida asosiy e’tibor 15,4 kilometr ichki yo‘lga tosh to‘kib, tekislanib, qum-shag‘al aralashmasi yotqizilib, ichki yo‘llarda qurilish va ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Shuningdek, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va oqova suv tizimi ob’ektlarini qurish va ta’mirlash uchun qiymati 2426 million so‘mlik 1 ta ichimlik suv inshooti qurilishi belgilangan. Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilishga 624,6 million so‘mlik 3 kilometr elektr tarmog‘ini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish elektr tarmog‘ini tortish, 2 ta transformator punktini yangidan o‘rnatish va almashtirish rejalashtirilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori ushbu hududlarda dastur ijrosi bӯyicha odamlar bilan muloqot qilib, ularning murojaatlarini tingladi. Shu kuni aholi murojaatlari asosida davlat dasturiga kiritilmagan Sarabiy ovul fuqarolar yig‘inidagi Vaysxo‘ja axoli punktidagi 1 kilometr yo‘l hashar yo‘li bilan tekislanib, qum shag‘al aralashmasi to‘shab berildi. Odamlarning necha yillik yo‘l bilan bog‘liq muammosi joyida hal etildi. Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga hudud aholisi ham xayrxohlik bildirib, quruvchilarga yaqindan yordam berishayapti. Ular o‘z xonadoni, o‘z yurti obodligidan manfaatdor.

Bundan tashqari, hududlarni obodonlashtirish ishlari bilan birga ko‘kalamzorlashtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Dastur doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadsiz sarflanishi, talon-toroj qilinishi, qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining sifatsiz bajarilishi kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida ovul hududida prokuratura ishchi guruhining shtabi tunu kun nazoratni o‘rnatgan.

O‘rganishlar jarayonida ayni yo‘nalishda dasturlarga kiritilgan har bir loyihani to‘g‘ri tanlanishidan tortib, ob’ekt foydalanishga topshirilgunga qadar barcha bosqichlarda qat’iy nazorat o‘rnatilgan. Qisqacha aytganda, “Obod qishloq” dasturi qishloqlarni shaharlardan qolishmaydigan manzilga aylantirishga xizmat qilmoqda.

24.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar