
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi “Orol dengizi tubida suvi qurigan hududlarda yashil qoplamalar himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida Orolbo‘yi hududida so‘nggi yillarda keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil kuz, qish va 2021 yil bahor mavsumida Orol dengizining suvi qurigan hududlarida jami 458,4 ming gektar o‘rmonzor barpo etilgan. Buning uchun 1 511 tonna saksovul, qandim, qorabaraq kabi cho‘l o‘simliklari urug‘lari tayyorlangan. Bu ishlarga O‘rmon xo‘jaligi va boshqa tashkilotlaridan 600 nafardan ortiq ishchi, shu bilan birga 130 dona yuqori unumli traktorlar, zarurli texnika va mexanizmlar hamda to‘rtta kichik aviatsiya (AN-2) samolyoti jalb qilingan.
Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Botanika instituti, Toshkent davlat agrar universiteti bir guruh olimlari, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining mutasaddi xodimlari Orolda bo‘ldi. Zaruriy anjomlar (GPS, xaritalar, kompyuter texnologiyalari, avtotransportlar) bilan ta’minlan ekspeditsiya a’zolari Orol dengizining qurigan tubida barpo etilgan saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklari holatini o‘rganib, tadqiqot ishlarini olib bordi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |