2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Zoyir Mirzayev: “Har bir murojaat ortida xalqning dardi yotadi”

“Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu tamoyil bugungi kunda davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi.

Xususan, joylarda barcha darajadagi rahbarlar bilan jonli muloqotlar va sayyor qabullar yo‘lga qo‘yilgani odamlarda muammolarini hal qilish mumkinligiga katta umid va ishonch uyg‘otmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 23 iyul kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshirig‘iga asosan endi doimiy ravishda viloyat va tuman va shahar hokimlari bir haftada ikki kunni fuqarolarni qabul qilishga ajratishi, shuningdek, hokimliklarda kunlik qabul yo‘lga qo‘yilishi belgilangan edi.  

Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Muborak tumani aholisi bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rgandi. Aksariyat muammolar shu yerning o‘zida o‘z yechimini topdi. “Barkamol avlod” mahallasida istiqomat qiluvchi Qurbonmurod Do‘lapov yo‘l, ko‘prik, artizan qudug‘idan suv chiqarish masalasida murojaat qildi. Viloyat rahbari ushbu murojaatni ijobiy qabul qilib, kelgusida hal etilishi bo‘yicha va’da berdi.  

Aytish joizki, bugun yurtimizda xalq dardi bilan yashash, har bir mas’ul rahbarning ustuvor vazifasiga aylangan. Rahbarlarning hududlarga chiqib sayyor qabullar o‘tkazish orqali aholini qiynayogan muammolarni o‘rganishi va yechimini topayotgani qanchadan-qancha fuqarolarning mushkulini oson qilmoqda.

Qabul jarayonida murojaatchilarning sog‘ligini tiklash, ijtimoiy himoya, uy-joy, kredit va ta’lim masalalaridagi muammolari tinglanib, yechimini topish choralari ko‘rildi. Sayyor qabul davomida aholi bandligini ta’minlash borasida ham amaliy ishga qo‘l o‘rildi. Jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 88 nafar xotin-qizga subsidiya asosida tikuvchilik mashinalari topshirildi. Masalan, Tong mahallasida istiqomat qiluvchi, 2 nafar farzandning onasi Nasiba Normatova endilikda farzand tabiyasi bilan hamda tiuvchilik bilan shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ldi. U endi berilgan tikuv dastgohi yordamida uyida o‘tirgan holda buyurtma asosida tikuvchilik hunari bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Tadbir doirasi 6 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga nogironlik aravachasi, 6 nafar fuqaroga eshitish moslamasi berildi. Shuningdek tumandagi MFY raislarining nuroniylar maslahat kengashi raislariga hududlardagi jarayonlarda faol ishtirok etishi uchun 26 dona velosiped taqdim etildi.  

Mamlakat rahbari e’tirof etganidek, endilikda “Har bir hokimning kabineti “xalq qabulxonasi” bo‘ladi. Qabul jarayonida ishtirok etgan barcha fuqarolarning murojaatlari tinglanib, yechimini topish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.  

05.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar