2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Jom – obod qishloq boʻldi

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yilda yurtimizda boshlangan “Obod qishloq” dasturi asosidagi bunyodkorlik ishlariga Samarqand viloyatining olis Jom qishlogʻida ham fevral oyidayoq kirishilgan edi.

– Viloyat hokimligi, mutasaddi idoralar rahbarlari kelib, hudud infratuzilmasi, aholi turmush tarzini oʻrganib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarni belgilaganida bu ishlarni bir-ikki yilda bajarib boʻlmas-ov, deb oʻylagan edik, – deydi jomlik mehnat faxriysi Eshturdi Rahimov. – Qishlogʻimiz odamlari ham qishda loy, yozda chang koʻchalarning asfalt boʻlishini, necha yillardan buyon murojaat qilishsa-da, dasturga kirmayotgan toza ichimlik suvi taʼminotining yoʻlga qoʻyilishini, bogʻcha neligini bilmaydigan bolalarimizning zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasasiga borishini yoki qirning narigi tomoniga elektr tarmogʻi tortilishidan umidini uzgan bir paytda qishloqda tunu kun elektr energiyasi boʻlishini tasavvuriga sigʻdirolmagani ham haqiqat. 

Jomni obod qishloqqa aylantirish uchun davlat tomonidan alohida eʼtibor qaratilgani dastlabki kunlardanoq namoyon boʻla boshladi. Butun viloyat ahli hasharga keldi. Jom va Girdiqoʻrgʻon mahallalaridagi har bir obyektning holati oʻrganildi, xonadonma-xonadon yurish orqali odamlarni qiynayotgan masalalar, muammolar qayd etilib, ularni bartaraf etish choralari koʻrildi. 

2.JPG

 

4.JPG

 

Avvalo, Samarqand shahri va poytaxtdan mutaxassislar kelib, butun qishloq ahlini tibbiy koʻrikdan oʻtkazdi. Sogʻlom turmush asoslari targʻib etildi. 21 mingga yaqin aholining 7500 nafarida turlikasalliklar aniqlanib, ular ambulator va statsionar sharoitda davolandi. Respublika va viloyat tibbiy markazlarida salomatliklarini tiklashi uchun sharoit yaratildi. 

Oʻrganishlar davomida 54 nafar bolaga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmiylashtirilmagani, 680 kishi fuqarolik pasportini almashtirmagani, bir necha oila nikoh guvohnomasi olmagani aniqlandi. Bu xizmatlar aholiga shu yerning oʻzida imtiyozli asosda koʻrsatildi. “Yermulkkadastr” davlat korxonasi tomonidan 1815 uy-joyning kadastr hujjati rasmiylashtirildi. 436 xonadonga egalik huquqini belgilash boʻyicha qarorlar qabul qilindi. 

Dasturni amalga oshirish doirasida tashabbuskorlar, homiy tashkilotlar tomonidan 761 ta uy-joy taʼmirlandi. 60 oʻrinli maktabgacha taʼlim muassasasi, qishloq oilaviy poliklinikasi, 420 oʻrinli “Jom dehqon bozori” foydalanishga topshirildi. Shuningdek, hammom, 2 ta avtobekat, 20 ga yaqin savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchasi qurildi. Aholining ehtiyoji hisobga olinib, namunaviy loyiha asosida 75 ta arzon uy-joy bunyod etildi. 

11.JPG

 

18.JPG

 

Mahallalardagi 7,76 kilometr yoʻllarga asfalt yotqizildi, 22,1 kilometr tuproq yoʻlga tosh qoplama toʻshaldi. 3878 metr piyodalar yoʻlagi barpo etildi. Qishloqda uzunligi 16, eni 6 metr boʻlgan yangi koʻprik qurildi. Bundan tashqari, 3 ta koʻprik rekonstruksiya qilindi. 

Hududni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 12yangi transformator oʻrnatildi, 6 transformator kapital taʼmirlandi.1230 dona temir-beton ustun qoʻyilib, 45 km. uzunlikdagi havo tarmogʻi rekonstruksiya qilindi. Koʻcha va maydonlarning zamonaviy rekonstruksiyasiga mos tarzda 42 ta tungi yoritish ustuni oʻrnatildi. 

Aholiga 2105 dona suyultirilgan gaz balloni yetkazib berilib, 1817 xonadon toʻliq gaz ballon bilan taʼminlandi. Bu borada aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Jom gaz servis markazi” omborxonasi tashkil etildi va gaz balloni tashish uchun bitta zamonaviy transport vositasi ajratildi. 

22.JPG

 

26.JPG

 

“Obod qishloq” dasturi boshlangunga qadar Jom qishlogʻi aholisining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanish koʻrsatkichi 27 foizni tashkil etgan boʻlsa, ayni paytda bu muammo bartaraf etildi. Negaki, dastur doirasida 5 ta yangi ichimlik suv inshooti qurildi,bittasi rekonstruksiya qilindi. Markazlashgan suv tarmogʻi yetib bormagan aholini ichimlik suv bilan taʼminlash uchun 2 ta maxsus suv tashuvchi avtomashina ajratildi. 

Qurilish-obodonlashtirish ishlari davomida qishloqdagi ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga moddiy va maʼnaviy koʻmak berishga ham alohida eʼtibor qaratildi. Davlat va jamoat tashkilotlari, homiylar tomonidan xotin-qizlarga uy jihozlari, kir yuvish vositalari, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Kam taʼminlangan 14 oilaga qoramol, nogironligi boʻlgan 14 kishiga tikuv mashinasi berildi. Samarqand shahridagi “Bibixonim” oʻquv markazi esa olti oy davomida jomlik 500 dan ortiq xotin-qizga tikish-bichish, qandolatchilik, sartaroshlik kabi kasblarni bepul oʻrgatdi. 

– Oʻquv kursida koʻplab tengdoshlarim qatori oʻqib, sartaroshlikni oʻrgandim, – deydiMahliyo Mahmadshukurova. – Natijada qishlogʻimizda sartaroshxona ochib, tadbirkorlik faoliyatini hamyoʻlga qoʻydim. Endi aholiga xizmat koʻrsatish bilan birga, boshqa qizlarga ham shu hunarni oʻrgatmoqchiman. “Obod qishloq” dasturi biz, jomlik qizlar hayotini ham oʻzgartirdi, ertangi kunga ishonchimiz ortdi. 

Oʻtgan hafta Jomda “Obod qishloq” dasturi asosida bunyod etilgan inshootlarni foydalanishga topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. 

46.JPG

 

54.JPG

 

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov Jom qishlogʻi ahlini tabriklab, Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “Obod qishloq” dasturi qishloqlarimiz qiyofasini tubdan oʻzgartirayotgani, aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qilayotganini taʼkidladi. 

Tadbirda 19 nafar kam taʼminlangan, imkoniyati cheklangan fuqaroga qishloqda namunaviy loyihalar asosida qurilgan arzon uy-joylar kaliti topshirildi. 50 dan ortiq oilaga maishiy texnikalar, uy-roʻzgʻor buyumlari sovgʻa qilindi. 

– Shu paytgacha noqulay sharoitda ikki farzandimiz bilan yashab kelardik, – deydi Goʻzal Manzurova. – Uy-joyimiz talabga javob bermasligi bois mutasaddi idoralarga murojaat qilgan edik. Mana bugun qishlogʻimizda qurilgan uch xonali zamonaviy uyning kalitini topshirishdi. Uyning boshlangʻich toʻlovi davlatimiz tomonidan toʻlab berildi. Bunday gʻamxoʻrlikdan boshimiz osmonga yetdi. Davlatimiz rahbaridancheksiz minnatdormiz. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi masʼul xodimlari, viloyat hokimligi va jamoatchilik vakillari Jomda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Yangi maktabgacha taʼlim muassasasi, qishloq oilaviy poliklinikasi, dehqon bozori va boshqa inshootlarning tantanali ochilish marosimlari oʻtazildi. 

– Televizorda koʻrkam bogʻchalarni koʻrsatishganda bizning qishloqda ham bogʻcha ochilsa, bolalarimiz ham shunday joylarda taʼlim-tarbiya olsa, deb orzu qilardik, – deydi Zilola Lazzakova. – “Obod qishloq” dasturi bu orzularimizni roʻyobga chiqardi. Qishlogʻimiz markazida “Binafsha” 9-maktabgacha taʼlim muassasasi yangidan qurildi. Bugun mening 4 yoshli qizim ushbu muassasaga qatnay boshladi. Bu yerdagi sharoitlarni koʻrib, shaharlardagidek bogʻcha qurib bergan davlatimizdan minnatdor boʻldim. 

Tadbirlar doirasida Jomda aholi uchun arzonlashtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Xalq oʻyinlari, sport musobaqalari oʻtkazildi. 

Keng maydonda oʻrnatilgan sahnalarda poytaxtdan kelgan hamdasamarqandlik sanʼatkorlar, badiiy jamoalar oʻz konsert dasturlarini namoyish etdi. Qishloq markazidagi bayram tadbirlari Jomdagi har bir xonadonga, muassasaga kirib bordi. 

 

Gʻolib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), OʻzA

24.09.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar