2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod bo‘layotgan Qorako‘l

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida mutasaddilar bilan birgalikda mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati, tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha “Mirzaqal’a” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

– Qishloq aholisi orzusi bo‘lgan ushbu dastur chekka qishloqlarga ham yetib keldi, – deydi nafaqadagi o‘qituvchi Muhabbat Turniyozova. – Bizni qiynab kelayotgan muammolardan biri yo‘l muammosi edi. Ayni vaqtda davlat rahbarining tashabbusi bilan mahallamizning shoh ko‘chasida 11 km.dan ortiq yo‘llar shag‘allashtirilmoqda.  

– Mahalla markazida necha yillardan buyon temirchilik bilan shug‘ullanib kelayapman, – deydi Ixtiyor Hayitmurodov. – Ustoz-shogird an’anasi asosida mahalla yoshlarini ham atrofimda yig‘ib, ularga o‘z kasbim sir-sinoatlarini o‘rgatayapman. Bugun mahalladagi yoshlar kasb sabog‘ini olmoqda. Lekin ushbu maskan torlik qilib bormoqda. Faoliyatimni kengaytirishga muhtojman. Mazkur masalada vazirga murojaat qilgandim. Murojaatim joyida yechildi. Tumandagi "Usto Qarri polvon" fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgan bino yangidan qurilib, mahallani temir asbob-uskunalar bilan ta’minlaydigan markazga aylantiriladigan bo‘ldi.  

Nafaqadagi o‘qituvchi Lola Qutliyevaning ham murojaati yechim topdi. Hududga yangi Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi qurish bo‘yicha taklifi ma’qullandi.  

Hududda yagona sartaroshxona binosi bo‘lib, bino ta’mirtalab ahvolga kelib qolgandi. Mas’ullarning e’tiboridan ushbu maskan ham chetda qolmadi. O‘z kasbi bilan mahallaning katta-kichigiga xizmat qilib kelayotgan Jamshid Odilovga ham yangi bino qurishda ko‘mak beriladigan bo‘ldi.

– Mahallamizda bo‘layotgan o‘zgarishlarni ko‘rib ko‘zing quvonadi, – deydi mahalla vakili Quvondiq Murodov. – Ikki kun boshqa tuman yoki viloyatga ketgan kishi bu ko‘chalarda yangilanish, obodonchilikka duch kelayapti.  

Vazir boshchiligidagi mutasaddilar aholi xonadonlarida bo‘lib muammolarini o‘rganish barobarida, dehqonchilik, xususan, uzumchilikda namuna olsa arziydigan xonadon sohiblarining malakasini e’tirof etdi. Shundan so‘ng, kunlik ishlar bilan band bo‘lgan Yaxshimurod To‘xtayev va tadbirkor Jonibek Farmonovning oilalari bilan suhbat qurildi.

Yonma-yon yashaydigan qo‘shnilarning yashash tarzi va hayot uchun intilishi ham turlicha. Uch nafar farzandning otasi Ya.To‘xtayev salomatligi joyida bo‘lsada o‘zining asosiy muammosi ishsizlik ekanini, shu sababli ijtimoiy himoyaga biroz muhtoj bo‘lib qolganligini bildirdi. Mutasaddilar Ya.To‘xtayevni "Toza hudud" DUK tuman bo‘limiga ishga joylashtirdi.

Qo‘shnisi tadbirkor J.Farmonov oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Oilaviy mehnat qilib farovon turmush kechiradi.  

R.Mamatov mahallada avvalo, aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlami, shuningdek bandligi ta’minlanmagan, boquvchisini yo‘qotgan, turmushdan ajrashib oilasida nosog‘lom muhit yuzaga kelganlar bilan yaqindan ishlash lozimligini ta’kidladi.  

Keyingi manzil 1-sektor hududi hisoblangan shahar mahallasi "Eskiqal’a"dagi ijtimoiy uy bo‘ldi. Yaqindagina ijtimoiy muammolar girdobida boshpanasiz qolgan ayollarning hayotida davlat rahbarining qo‘llovini sezish mumkin.

Mazkur uyda ro‘yxatda turgan kimdir hududda go‘zallik saloni tashkil qilgan bo‘lsa, kimlardir tikuv sexida mehnat qilmoqda.

Ushbu uyda issiqxona, novvoyxona, etikdo‘zlik va savdo-sotiq qilish uchun ham barcha sharoitlar yaratildi. Hudud to‘liq asfaltlashtirilib, muhandislik-kommunikatsiya tizimi to‘liq yangilandi.  

02.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar