Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Murojaatlar bilan ishlashning yangicha tizimi

Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi Boburjon Yuldashev rahbarligida qabullar o‘tkazilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlash borasida yangicha tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida  Marhamat tumani hokimi boshchiligida “Xalq qabulxonasi” mudiri, sektor hamda tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan qabullarda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qildi.  

Bir hafta mobaynida o‘tkazilgan qabullar davomidagi fuqarolarning moddiy yordam, nafaqa, olish, aliment undirish, elektr energiyasi, ichimlik suvi va gaz ta’minoti, ishga joylashish, kredit ajratilishi, salomatlikni tiklash, uy-joy, sud-huquq va boshqa masalalarga oid 754 ta murojaati eshitildi.  

Murojaatlarning 619 tasi joyida ijobiy hal etilib, 145 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.  

– Yolg‘iz onaman, bir farzandim bilan onamning uyida o‘tiraman, – deydi Navro‘z mahallasida yashovchi Marg‘ubaxon Ummatova. – Bir necha yillar avval uy-joy qurish uchun yer uchastkasi ajratib berilgan. Imkonim yo‘qligi uchun qurilish qilolmayman. Shu bois, tuman hokimi qabuliga qurilish materiallaridan yordam bo‘rab borgan edim. Murojaatim ijobiy hal etildi. Bundan behad minnatdorman.  

Tumanning Zafarobod mahallasida yashovchi Qodirjon Ahmedov o‘zi yashayotgan ko‘chaning yozda chang-tuproq, qishda loy bo‘lib, odamlar, ayniqsa, yosh bolalar yurishga qiynalishini aytib, ushbu ko‘chani shag‘allashtirishga yordam berilishini so‘rab murojaat qiildi. Murojaat ijobiy hal etilib, ikki kun ichida ko‘cha shag‘allashtirib berildi.  

Qabullarda hal etilishi ma’lum muddat, mablag‘, shuningdek, o‘rganish talab etiladigan masalalarni hal etish va o‘rganish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olinmoqda.  

02.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar