
Jizzax viloyatida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil etish mavzusida “Zoom” platformasi orqali seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar joriy yil 23-iyul kuni davlatimiz rahbari boshchiligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov “Aholi murojaatlari bilan ishlashdagi dolzarb muammolar” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish, “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlari mavzusida so‘z bordi.
Mamlakatimizning barcha hududlaridagi singari Jizzax viloyatida ham aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil etish bo‘yicha “Tezkor shtab” tashkil etilgan.
“Tezkor shtab” davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar, topshiriq va tavsiyalar ijrosini ta’minlaydi. Sayyor va shaxsiy qabullar o‘tkazadi.
Seminarda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘mak va ko‘rsatmalar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |