2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Jizzaxda aholi murojaatlarining natijasi o‘rganilmoqda

Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev Forish tumanidagi mahallalarda bo‘lib, aholi muammolarini tingladi, ular bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

Joriy yilning 23-iyul kuni Prezidentimiz rahbarligida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, aholi murojaatlarida keltirilgan dolzarb muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklatilgan edi.

Forishda aholi tomonidan Prezidentimizning virtual va Xalq qabulxonalari, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali qabulxonalarga kelib tushgan murojaatlarning ijro holatini o‘rganish va bugungi kunga qadar ijobiy hal etilmagan murojaatlarni joyida hal etish, sektor hududida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ning yuritilishi hamda yangi ro‘yxatlarning shakllantirish holatini o‘rganish, hududda qulay tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti yaratilganligi holati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirilish holati va undagi mavjud muammolarni hal etish, faoliyatsiz va kam quvvatda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining xato va kamchiliklarini aniqlash, hal etish chorasini ko‘rish yuzasidan, tijorat banklarida yuzaga kelgan muammoli kreditlarning kelib chiqishi sabalari tahlil qilindi va bartaraf qilish chorasini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doriasida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish va belgilangan qurilish-ta’mirlash isharini joriy yilning 1 oktyabriga qadar yakunlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Sektor hududida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha belgilangan topshiriqlar yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar holati tahlil qilindi.  

Mutasaddilar hududlarda bo‘lib, qabullar jarayonida aholi tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarning ijrosi o‘rganildi. 2-sektor hududidagi mahallalarda bo‘lib, aholi bilan suhbatlar o‘tkazildi. Ularning yashash tarzi bilan yaqindan tanishilib, muammolari o‘rganildi. Hududda aholi, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ko‘rsatilayotgan yordamlar qay darajada bajarilayotgani ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tumanning eng chekka hududlaridan “Garasha” QFYda “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdi. Mahalla oqsoqollarining hududlarni yanada obod qilish bo‘yicha takliflari tinglanib, mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.  

“Garasha” aholisi uchun zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish maskani qurilishi ko‘zdan kechirildi.  

Tumandagi Ergash Kamolov nomli MFYga suv quvurlari tortib kelinib aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Mahallada aholi elektr ta’minoti, yo‘llar talab darajasida emasligi yuzasidan viloyat hokimiga murojaat qildi. Shu kunning o‘zida amaliy ishga kirishildi.  

Viloyat hokimi hududlardagi bir qator umumta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bilan ham qiziqdi. Tumandagi 14- va 46- umumta’lim maktablaridagi joriy ta’mirtalab muammolar bartaraf etilib, yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirildi.

13-sonli maktabga esa viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari tashabbusi bilan artizan qazilib, toza ichimlik suvi yetkazib berildi.

Tumandagi “Besh bola” qishlog‘ida 9 ta ko‘p xonali turar-joy binosi barpo etilmoqda. Ushbu uylardagi xonadonlarning 7 tasi “Temir daftar”ga, 2 tasi “Ayollar daftari”ga va 1 tasi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga ajratilishi belgilab berildi. Bu uylar joriy yil oxirigacha bitkazilib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Tuman markazida yashovchi aholi aloqa xizmati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani, markaziy ko‘cha ta’mirtalabligi, transformator eskirib qolgani sababli elektr energiyasidagi uzilishlar yuzaga kelayotgani, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun sun’iy qoplamali mini futbol maydoni zarurligi, ichimlik suvi va suyultiilgan gaz ta’minotidagi muammolar yuzasidan aholi sayyor qabullar davomida murojaat qilgan edi. Ammo ushbu murojaatlar ijrosi shu paytgacha hal etilmaganligi oydinlashib, viloyat hokim tomonidan mutasaddi rahbarlar qat’iy ogohlantirilib, shu joyning o‘zida markaziy ko‘chani asfalt qilishga, yangi transformator olib kelib o‘rnatishga kirishildi.  

Shuningdek, sun’iy qoplamali mini futbol maydoni barpo etish uchun tijorat bankiga zarur kredit mablag‘i ajratishi to‘g‘risida topshiriq berildi. Suyultirilgan gaz ballonlarini zudlik bilan yetkazib berish yuzasidan mutasaddilarga vazifa yuklatilib, ichimlik suvi muammosini bartaraf etish maqsadida artizan quduq qazish bo‘yicha tegishli korxona rahbarlari zimmasiga aniq topshiriqlar yuklatildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

So‘ng tuman markaziy shifoxonasida aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari qanday tashkil etilgani o‘rganildi.  

Bundan tashqari, tuman markazi bilan qishloqlarni bog‘lab turuvchi avtomobil yo‘llaridagi, elektr ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.  

Forish tumani aholisi tomonidan ko‘tarilgan har bir murojaat ijrosini viloyat hokimi o‘z nazoratiga olishini bildirdi.

28.07.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar