
Andijonning barcha tuman va shaharlarida Qurbon hayiti bayrami oldidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xolidan xabar olinmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 13 iyuldagi “Qurbon xayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, qolaversa, Muborak Qurbon hayitining xalqimizga xos insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro hamjihatlik kabi fazilatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida Marhamat tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari ulashildi.
Qurbon hayiti oldidan tuman «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi tomonidan mahallalardagi «Temir daftar»ga kiritilgan 150 nafar, «Mahalla» hayriya jamoat fondi tomonidan esa 25 nafar, jami 175 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
–Yaxshi insonlarga rahmat e’tibordan ko‘nglim tog‘day ko‘tarildi, – deydi Marhamat tumanidagi Shahriston mahallasida yashovchi Zamiraxon Ashurova. – Ilohim, yurtimiz tinch, yurtimizda mana shunday hayrli ishlar bardavom bo‘lsin.
Fuqarolarga berilayotgan xayriya paketlarida go‘sht, paxta yog‘i, makaron, guruch singari bir necha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari mavjud.
Andijonda bu kabi xayriya va saxovat ishlari davom etmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |