2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimining sayyor qabulida aksariyat masalalar joyida hal etildi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Bo‘ston tumanida viloyat prokuraturasi, ichki ishlar, davlat solik boshqarmalari, shuningdek, qator tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.

Ayni kunda Bo‘ston tumanida 80 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Tumanda aholi farovonligini oshirish, turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qator ishlar olib borilmoqda. Viloyat hokimi sayyor qabulda ana shu yo‘nalishdagi ishlar ko‘lamini kengaytirish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish, eng muhimi, odamlarni o‘z hayotidan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish zarurligini alohida qayd etdi.

Sayyor qabulda fuqarolarning ishga joylashish, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti, elektr liniyasi uchun yangi temir-beton ustunlar o‘rnatish, eskirgan transformatorlarni almashtirish, imtiyozli kredit olish, suyultirilgan gaz ballonlari ajratilishi, davolanish, nogironlik aravachasi olish, shuningdek, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarga oid 300 dan ziyod murojaatlari qabul qilindi.

Murojaatlarning 200 dan ortig‘i shu joyning o‘zida hal etildi, ijrosi ma’lum muddat talab etadigan 74 masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga qonuniy hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

- Nogironman, anchadan buyon o‘zimga mos ish topolmay yurgandim, - deydi Bo‘ston tumani Bo‘ston mahallasida yashovchi Gulbahor Hasanova. – Viloyat hokimiga shu masalada yordam berishini so‘rab murojaat qildim. Hokim tumanimiz markazidagi “Sabo teks” klaster korxonagiga tikuvchi bo‘lib ishga joylashishni tavsiya qilib, ishga joylashtirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi. Nasib etsa, endi ana shu korxonaga ishga joylashaman.

Tumandagi Yangiobod mahallasida yashovchi Shoiraxon Abdullayeva qaromog‘ida uch nafar, kasalvand, nogiron farzandi bor. Katta qizi jigar serrozi bilan og‘riydi, o‘g‘li avtoxalokat natijasida oyog‘idan jarohat olib, bir joyda bo‘lib qolgan, kichik qizi ham kasalvand.

- Onaman, farzandlarim dardi, tashvishi bilan ko‘nglimga hech narsa sig‘maydi. Qabulga farzandimni operatsiyasiga yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qildim. Viloyat hokimiga dardlarimni aytdim. Qabulda sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i menga albatta, yordam berishga va’da berdi.

Shuningdek, qabul davomida 60 ta murojaat yuzasidan murojaatchilarga tushuntirishlar berildi.

 

14.07.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar