2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
O‘rganishlar natijasida Qirlishon obod bo‘lmoqda

Buxoro viloyati Olot tumani Qirlishon mahalla fuqarolar yig‘ini hudud jihatidan eng katta, aholi soni kam, eng olis, iqlim va turmush sharoiti nisbatan og‘irroq hudud hisoblanadi.

Joriy yil boshida Olot tumani Xalq qabulxonasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boshqarmasi hamkorligida Qirlishon mahalla fuqarolar yig‘inidagi aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganib chiqildi.  

Qirlishon mahalla fuqarolar yig‘ini tuman markazidan 22 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bo‘rilang eski qishlog‘i, Qirlishon, Jiydali, Gazmach, Qarvoq, Zilol aholi punktlarini qamrab olgan. Hududda 134 ta xonadon, 177 ta oilada 690 nafar aholi aholi istiqomat qiladi. Aholining 636 nafari o‘zbeklar, 46 nafari turkmanlar, 8 nafarini qozoqlar tashkil etadi.  

–Hududning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish jarayonida ko‘plab muammolar borligi aniqlandi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Olot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Sa’dulla O‘rinov. – Jumladan, hududda aholi salomatligini tiklash uchun qishloq vrachlik punkti yoki oilaviy poliklinika yo‘q. Mahalla binosida 30-son QOPga qarashli tibbiyot punkti joylashgan bo‘lib, muassasa faoliyat yuritishi uchun tegishli me’yorlarga javob bermaydi. Hududga eng yaqin QVP 12 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Hududda maktabgacha ta’lim tashkiloti umuman yo‘q. Maktab binosida MTT yoshidagi bolalar uchun tayyorlov guruhlari tashkil etilgan bo‘lsada, u ham belgilangan talablarga javob bermaydi. MFY joylashgan bino ta’mirtalab bo‘lib, xodimlar faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar mavjud emas.  

Hududdagi 20-sonli umumta’lim maktabi 420 o‘ringa mo‘ljallangan. Amalda 127 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Maktabni o‘rganish jarayonida muammolar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, maktab 1978 yilda qurilgan bo‘lib, 2020 yilda faqatgina fasad qismi ta’mirlangan xolos. Ayni paytda maktab kapital ta’mirga muhtoj. Maktabning 1 ta blokida (ma’muriyat, kutubxona, tibbiy punkt, o‘qituvchilar xonasi, 3 ta o‘quv xonasida) isitish tizimi o‘tkazilgan bo‘lsada u ham ta’mirtalab ahvolda. Maktab kutubxonasida kitob fondi yetarli darajada emas. O‘quvchilar kitob mutolaa qilishi uchun yetarli sharoit yo‘q. Maktab stadioni o‘ta yaroqsiz holatga kelib qolgan. Muassasa hududidagi faollar zali va oshxona sifatida foydalanilgan sobiq 2 ta bino avariya holatida bo‘lib, hozirgacha bartaraf etilmagan. Bundan tashqari, maktab hududida maydoni 100 m2 dan ortiq bino foydalanilmay qarovsiz qolgan. Maktab partalari va boshqa mebel jihozlari ma’nan va jismonan eskirgan. Maktabda oshxona mavjud emas. Maktabdagi sharoitlar og‘ir bo‘lishiga qaramay o‘quvchilarga tahsil berib kelinmoqda.

Hududda 8 ta transformator mavjud bo‘lib, shundan 2 ta transformator ta’mirga muhtoj yaroqsiz holatda. Elektr ta’minotida 753 ta elektr tayanch ustunlar mavjud bo‘lib, 171 ta simyog‘och va beton elektr tayanch ustunlar talabga javob bermaydi. Mavjud transformator punktlari atrofi temir panjaralar bilan o‘ralmagan, ushbu holat xavfsizlik talablariga muvofiq emas.

Hudud tabiiy gaz tarmog‘iga ulanmagan, gaz quvurlari mavjud emas. Hududdagi aholi xonadonlari 185 ta suyultirilgan gaz balonlari bilan ta’minlangan. Mazkur hudud ichki yo‘llari jami 93,2 kilometrni tashkil qiladi. Shundan 10,8 kilomteri asfalt beton yo‘l, 16 kilomteri shag‘al yo‘l, 66,3 kilometri tuproq. 34,1 kilomter yo‘llar ta’mirga muhtoj. Mazkur yo‘llar aholi va avtotransport vositalari harakatlanishi uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda. Hududdagi aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmaganligi sababli Bo‘rilang eski qishlog‘ida 1 dona suv minorasi (sig‘imi 25 tonna) qurilib, aholiga 13,2 kilomter toza ichimlik suv quvuri tortilgan hamda 76 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan.

Hududga aloqa tizimi o‘tkazilmagan bo‘lib, aholi va maktabda internet tarmog‘i mavjud emas. Qisqasi hududda qaysi soha o‘rganilmasin barchasida muammolar bor. O‘rganishlar natijasida aniqlangan va MFY aholisini ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolarni tezroq hal qilish maqsadida og‘ir hudud sifatida ro‘yxatga olish taklifi tuman hokimligiga kiritildi. Tuman hokimligiga kiritilgan takliflar xalq deputatlari tuman Kengashida muhokama qilindi. Natijada 2021 yil “Obod qishloq” Davlat dasturiga Davlatboy va Qirlishon mahalla fuqarolar yig‘inlari kiritildi.  

Prezidentimizning 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Qirlishon MFYda “Obod qishloq” dasturi ijrosi uchun jami 11.375 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirildi.

Dastur ijrosi doirasida Qirlishon MFY hududidagi 14 ta uyning tom qismi, 110 ta uynig fasad qismi, 105 ta uyning darvozasi, 80 ta xonadon hojatxonalari ta’mirlandi. Respublika byudjeti hisobidan 2.3 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, 1 ta MTT binosi mukammal ta’mirlanmoqda. MFY hududidagi 20-son umumta’lim maktabida mukammal ta’mirlash ishlari uchun Respublika byudjetidan 3 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. bugungi kunda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Yangi o‘quv yilidan boshlab o‘qituvchi va o‘quvchilar yangi qiyofadagi maktabda tahsil olishni boshlaydi.  

Hududdagi jami 22.5 kilometr yo‘l 5.1 milliard so‘m hisobiga ta’mirlanadi. Ayni paytda 7 kilomter yo‘lga qum shag‘al qoplamasi yotqizildi. Suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib qo‘shimcha 5 ta gaz balon tarqatildi. Elektr energiya ta’minoti bo‘yicha 19 ta tayanch ustunlar almashtirildi. 2 kilometr elektr tarmoqlari ta’mirlandi. MFY hududiga 23 ta tungi yoritgichlar o‘rnatiladi. 1 ta savdo majmuasi va 1 ta maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurilishi rejalashtirilgan. Qirlishon MFY binosini ta’mirlash, 1 ta sport maydonchasi va 1 ta avtobekat qurilishi uchun 558.1 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Ayni kunda MFY binosida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Sport maydonchasi qurilib foydalanishga topshirildi.  

08.07.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar