2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mahallalar yanada obod bo`lmoqda

“Obod qishloq” dasturi amalda

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan «Obod qishloq», «Obod mahalla» tashabbusi yurtimiz obodonchiligining yangi bosqichini boshlab bergan edi.

Yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirishga xizmat qiladigan ushbu tashabbus aholi tomonidan katta hxursandchilik bilan kutib olindi va qo‘llab-quvvatlandi. Natijada eski barak-uylar, abgor holatdagi qishloq va mahallalar qiyofasi tubdan o‘zgartirilib, yangicha zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi. Buni “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “Naӯqanbog‘” va “Aq jag‘is” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida amalga oshirilayotgan keng kӯlamli qurilish hamda obodonlashtirish ishlaridan ham kӯrishimiz mumkin.

Xususan, mazkur mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida jami 6 ta ijtimoiy soha ob’ektini qurish va ta’mirlashga 14 milliard 702 million so‘m ajratilishi rejalashtirilib, shundan, 2 ta umumiy ӯrta ta’lim maktabi, 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, oilaviy poliklinikani ta’mirlash va rekonstruksiya qilish belgilangan. Bundan tashqari, 1 ta mahallaning ma’muriy binosini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash rejalashtirilgan. Hozirda barcha ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, amaliy ishlar boshlab yuborildi. Mazkur jarayonni Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tuzilgan maxsus shtab vakillari nazorat qilmoqda.

“Nao‘qan bog‘” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 39-sonli umumta’lim maktabi 2008 yilda qurilgan. 330 nafar o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan. Ayni vaqtda 916 nafar o‘quvchi o‘qiydigan maktabda amaliyot va laboratoriya xonalari, ustaxona, majlislar zali yo‘q. Binodagi kamchiliklar o‘rganilib, davlat dasturi asosida maktab qoshida yana qo‘shimcha ikki qavatli imorat quriladigan bo‘ldi.

Yana bir ijtimoiy ob’ekt qurilishi rejalashtirilgan. Ya’ni, ushbu hududga tibbiy xizmat ko‘rsatadigan 4-sonli oilaviy poliklinika bu mahalladan 5 kilometr uzoqda joylashgan. Odamlar shuncha yo‘l bosib tibbiy maskanga borishga majbur edi. Hududdagi aholining mazkur yo‘nalishdagi murojaatlari inobatga olinib, dastur asosida ushbu mahallada 4-sonli oilaviy poliklinikaning filiali ochiladigan bo‘ldi.

– Hududimizda amalga oshirilayotgan ishlardan aholi mamnun bӯlmoqda, – deydi mahalla faoli Abdulla Saburov – Avvallari yӯllarda, kommunal xizmatlarda, bolalarning ta’lim olishida muammolar mavjud edi. Mana hududimiz davlat dasturiga kiritilgandan sӯng muammolar yechimini topmoqda. Albatta, bunyodkorlik ishlaridan sӯng bu yerlar Nukus shahrining obod maskanlarining biriga aylanishi shubhasiz.

“Aq jag‘is” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 2,4 kilometr ichki yo‘llarga qum shag‘al yotqizilib, 6,2 kilometr elektr energiyasi ta’minoti tarmog‘ini ta’mirlash rejalashtirilgan. Shuningdek, 1 kilometr irrigatsiya va melioratsiya tarmog‘ini yaxshilash, 2 kilometr aloqa-axborotlashtirish tizimini yangilash, 3 kilometr piyodalar yo‘lakchasini obodonlashtirish, 14 kilometr tungi ko‘cha yoritish tizimini yaxshilash belgilangan. 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotini ta’mirlash ishlari ham jadal olib borilmoqda. Hududdagi bitta maktab va mahalla fuqarolar yig‘inining ma’muriy binosini ta’mirlash bo‘yicha loyiha smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.

Dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish obodonlashtirish ishlari xalqimizning hamjihatligi va bunyodkorlik salohiyatining yaqqol namoyish etadi.

Jumladan, Beruniy tumanidagi Beruniy hamda Abay ovul fuqarolar yig‘inlarida 16 milliard 292 million sӯmlik qurilish hamda obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Xususan, Beruniy ovul fuqarolar yig‘inida jami 10 kilometr, Abay ovulida esa 9,1 kilometr yo‘llarni ta’mirlash belgilangan. Hozirgi kunda tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan oldingi chang-to‘zon ko‘chalarga qum-shag‘al aralashmasi yotqizilib, tekislanmoqda.

Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha “Abay” ovulida loyiha qiymati 416 million so‘mlik 2,2 kilometr ichimlik suv tarmog‘i tortilmoqda. Ovulda 296 million so‘mlik 1,8 kilometr elektr tarmog‘ini yangidan tortish, 199,7 million so‘mlik 1 ta transformator punktini va 27 ta tayanch ustunini yangidan o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

Davlat dasturida ikkita hududda ijtimoiy soha infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 6 milliard 917 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi. Jumladan, Abay ovulidagi bitta umumiy ӯrta ta’lim maktab va bitta maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi yangicha qiyofaga keltiriladi.

Ovuldagi maktabgacha ta’lim tashkiloti 1986 yilda qurilgan bo‘lib, 90 bola o‘rniga mo‘ljallangan. 35 yildan buyon na bir ta’mir, na bir obodonlashtirish ishlari olib borilmagan. Endi ushbu bog‘cha davlat dasturiga kiritilib, yangi qiyofa kasb etadigan bo‘ldi. Eski avariya holatidagi bino bugungi davr talabiga javob beradigan zamonaviy ta’lim tashkilotiga aylantiriladi, yana bolalarni qamrab olish imkoniyati kengaytirilib, 150 nafar bolani o‘z bag‘riga oladi.

24-sonli umumiy ӯrta ta’lim maktabi ana shu ovuldagi “81-ko‘prik” aholi manzilida joylashgan. 2009 yilda qurib foydalanishga topshirilgan bu maktab aslida 140 o‘ringa mo‘ljallangan. Maktabda 210 o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lsa, ularga 40 nafar o‘qituvchi ta’lim-tarbiya beradi. Mazkur hududda aholi soni yildan yilga ortib bormoqda, bu esa maktabga qo‘shimcha yangi bino qurish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Shuningdek, maktabda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit, aniqrog‘i sport zali umuman yo‘q edi. Ovulning “Obod qishloq” davlat dasturiga kiritilishi bilan bu maktabga yangi 96 o‘rinli yangi bino va 12x24 o‘lchamdagi sport zali qurilishi rejalashtirilgan.

Davlat dasturining sifatli ijrosi tuman prokuraturasi tomonidan tashkil etilgan maxsus shtab mas’ullari tomonidan muntazam nazorat qilib borilmoqda. Aslida, bunyodkorlik ishlariga yo‘naltirilgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari yurtimiz obodligi, xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

06.07.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar