
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov va viloyat sektor rahbarlari Olmaliq shahrida bo‘lib, «Obod mahalla» dasturi bo‘yicha olib borilayotgan vazifalar ijrosini ko‘zdan kechirdi.
Ma’lumki, viloyat hokimining farmoyishi bilan haftaning har seshanba kuni «Obod mahalla» dasturiga kiritilgan mahallalarda kengaytirilgan hashar ishlari tashkil etilib, obodonlashtirish belgilangan. Shu munosabat bilan bugun «Olmaliqsoy» va «Zarbuloq» mahallalarida tashkil etilgan hasharga 300 nafardan ziyod aholi hamda 15 ta maxsus texnika jalb etildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, «Olmaliqsoy» va «Zarbuloq» mahallalari obodonlashtirilishi uchun jami 11 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, ichki yo‘llar asfaltlanishi, eski simyog‘ochlar temir-beton tayanchlarga almashtirilishi, ichimlik suvi quvurlari yangilanishi, oqova tizimi qurilishi, mazkur mahalladagi 10-umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish, bolalar sport maydonchasi, mahalla guzarlari qurilishi, mahalla fuqarolari to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, internet tarmoqlari bilan 100 foiz ta’minlanishi belgilangan.
bugungi kunda 10-umumta’lim maktabi rekonstruksiya qilish bo‘yicha "Silver Rain Project" MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, qurilish ishlari boshlab yuborilgan.
Ichki yo‘llar bo‘yicha «Taraqqiyot va tiklanish» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3 mlrd. 723,7 mln. so‘mga 8,4 km. ichki yo‘llar joriy ta’mirlandi.
«Zarbuloq» MFYda ichimlik suvi quvurlari olib kelinib, 1,2 km. transheya qazildi. Hozirda 50 foiz ishlar bajarildi.
Elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha «Olmaliqsoy» MFYda 298-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli havo tarmoqlariga 20 dona temir beton tayanchlar o‘rnatilgan.
Gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 3,0 km. uzunlikdagi tarmoq va 6 ta GRPni ta’mirlash ishlari 100 foizga bajarilgan. Aloqa tizimini yaxshilash bo‘yicha «Olmaliqsoy» MFYda 0.8 km. optik tarmoq tortilgan.
Hududlarni obodonlashtirish (216 mln. so‘m) doirasida 2 ta mahallada jami tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgan bo‘lib, ayni damda mahallalarda obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |