
Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Uchqo‘rg‘on tumanida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Xalq bilan muloqotda bir yuz ellikka yaqin murojaat qabul qilinib, ularga tegishli yechim berildi.
Chortoqlik Sadoqat Abdumo‘minova imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay doimiy harakatda. U viloyat hokimining sayyor qabuliga kelib “Saxovatli qo‘llar” dasturi bo‘yicha amaliy yordam so‘radi.
– bugungi sayyor qabulda murojaatim bo‘yicha menga amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi, — deydi Sadoqat Abdumo‘minova.
– Ommaviy tadbirlar tashkil etish va undan tushgan mablag‘larni o‘zim kabi imkoniyati cheklanganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturim viloyat hokimi tomonidan ma’qullandi.
Qabulda viloyatning tegishli korxona va tashkilot, bank-moliya, sud-huquq idoralari mutasaddilari ishtirok etdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |