
Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Mazkur tamoyil asosida “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Dilshod Usmonov ishtirokida Namangan viloyatining Chust tumanida “Sayyor qabul” tashkil etildi.
Qabulda, shuningdek, Chust tumani hokimining o‘rinbosari Shuhrat Kenjayev, tegishli mutasaddi tashkilotlar, mas’ullar, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etib, aholi murojaatlarining o‘z vaqtida hal etilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.
Fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning aksariyati tibbiy xizmatlardan foydalanish, uy-joylarini ta’mirlash, oilaviy nizolarni hal etishga ko‘maklashishga oid bo‘lib, murojaat egalarining har biriga “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan moddiy yordamlar ajratib berildi.
– Navbahor mahallasida istiqomat qilaman, – deydi Nazira To‘raboyeva. – “Mahalla” fondi raisini “Sayyor qabul” o‘tkazishini eshitib, murojaatimni yo‘llashga oshiqdim. Farzandimning Toshkent shahrida davolanishi uchun moddiy yordamga muhtojligim, mablag‘ yetishmayotganligini aytdim. Murojaatim ijobiy hal bo‘lganidan xursandman. To‘g‘risi, bizga ajratilgan mablag‘ bolamga zaruriy dori-darmonlarni olishga as qotadi. Bizga yana qo‘shimcha Respublika fondi orqali ham yordam ko‘rsatishlarini aytishdi.
Sayyor qabul yakunida 22 nafar kam ta’minlangan oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi, ularga kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |