2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Firibgarlik holatlari yil sayin ko‘paymoqda

Haqiqatning yuzi yorug‘, qo‘li uzun bo‘lsa, adolatning katta-kichigi bo‘lmaydi. Asrlar sinovidan o‘tgan bu qoyim haqiqatlar Prezident Xalq qabulxonalarining Samarqand shahri, Oqdaryo, Kattaqo‘rg‘on va Toyloq tumanlarida sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil qilgan ommaviy qabullarida atroflicha o‘rganilib, qonuniy hal etilgan murojaatlarda ham o‘z ifodasini topdi.

Uch kunlik ochiq-jonli muloqotlarda Oliy sud mas’ullari viloyat, tuman-shaharlar sudlari bilan birga 825 ta masalani ko‘rib chiqdi, ularning 394 tasi joyida hal qilindi. Murojaatlar asosida jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shahar, Samarqand, Pastdarg‘om, Ishtixon, Oqdaryo, Payariq, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Paxtachi, Bulung‘ur va Toyloq tuman sudlarida 121 nafar shaxsning ishlari ko‘rib chiqilib, ularning barchasi o‘talmay qolgan jazodan muddatidan oldin shartli ozod etildi.

Bir misol – tayloqlik E.Bahronov 2017 yil kuzida Turkiyaga ishlashga ketadi. Unga chet elga chiqish uchun 2019 yil 31 iyul kuniga qadar ruxsatnoma-stiker berilgan bo‘lsa-da, bu yigit 2020 yil 13 martga qadar Istanbulda qolib ketadi. Kamiga bu orada unga Turkiyada vaqtinchalik bo‘lish huquqini beruvchi hujjat muddati ham 2019 yil 30 noyabrda tugaydi. 

Bu muddatni yana uzaytirish uchun esa Eldor Turkiya chegarasidan bir chiqib qayta kirishi, lekin buning uchun avvalo mamlakatimizga kelib chet elga chiqish uchun ruxsatnoma-stikerini yangilashi lozim edi. Eldor esa bu tartibga rioya qilmay, 2019 yil 1 dekabr kuni Ozarbayjonning Boku shahriga borib, aeroportning o‘zidan yana Istanbulga qaytib keladi. 

Ayni shu xato 2020 yil 14 martda Samarqandga qaytgan Eldorga qimmatga tushadi. «Samarqand» xalqaro aeroportida chegara nazorati xodimlari bu qonunbuzarlikni aniqlab, tegishli tartibda rasmiylashtiradi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi 2020 yil 18 avgustda bu ishni ko‘rib chiqib, Eldor Bahronovga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlaydi. Bu yigit 18 oylik jazoning yarmidan ko‘pini tartib-intizom bilan o‘tadi, shu davrda u belgilangan qoidalarga qat’iy amal qildi, qonun chizig‘ini boshqa bosib o‘tmadi. 

Shu bois ham Toyloq tumani ichki ishlar bo‘limi taqdimnomasi asosida jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tuman sudi bu ishni ko‘rib chiqib, Eldor Bahronovni o‘talmay qolgan jazodan shartli ravishda ozod etdi.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan 27 ta ariza qanoatlantirildi. 93 ta tadbirkorlik sub’ekti yetkazilgan moddiy zararni ixtiyoriy qoplagani uchun ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ishlar tugatildi, sayyor sud majlislarida 2 ta iqtisodiy ish ko‘rilib, tadbirkorlar foydasiga hal qilindi. 

Deylik, paxtachilik tadbirkor A’zam Mustafoyev 2018 yilda muqobil mashina traktor parkiga tegishli eski, ta’mirtalab binoni ijaraga olib, qariyb 600 million so‘m sarflab ta’mirlaydi, Xitoydan zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar olib keladi. 

Natijada binoyidek xususiy klinika ish boshlaydi. Lekin orada bu mulkning tuman hokimligi balansiga qaytarilib, kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilganidan tadbirkor bexabar qoladi. 2020 yil 9 oktyabrda Majburiy ijro byurosi bu mulkni elektron auksion savdosiga chiqargach, tadbirkor sarflagan mablag‘ining so‘rovini boshlaydi. 

A’zam Mustafoyevning ommaviy qabuldagi murojaatidan so‘ng Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudi bu ishni ko‘rib chiqib, tadbirkorning huquqlarini tikladi: mazkur mulk ijarachining xarajatlari inobatga olinmasdan sotilgani uchun Majburiy ijro byurosi Paxtachi tumani bo‘limining qarori haqiqiy emas, deb topildi. Endi tadbirkor istasa, auksionda qatnashib, bu mulkni sotib oladi, agar boshqa shaxs bu mulkni xarid qilsa, unda A’zam Mustafoyevga qilgan xarajatlarini qoplab beradi.

Bundan tashqari, aliment undirish bo‘yicha 88 ta sud buyrug‘i chiqarildi, 23 ta murojaat yuzasidan yuridik faktlar belgilandi, 9 ta oila yarashtirildi. Deylik, oqdaryolik Anvarxon Sa’dullayev vafot etgan onasi Munavvar Sa’dullayevaning tug‘ilganlik vaqti bilan bog‘liq yuridik faktni belgilash masalasida murojaat qildi. Bu – meros hujjatlarini rasmiylashtirish uchun zarur. 

Sud ish hujjatlarini o‘rganib chiqib, guvohlarni tinglab, marhum Munavvar Sa’dullayevaning 1930 yil 15 iyulda Oqdaryo tumani Qozoqxo‘ja qishlog‘ida tug‘ilganlik faktini belgilash bo‘yicha qaror chiqardi.

Qabullarda 124 ta da’vo arizasi birinchi instansiya sudining ish yurituviga, 76 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilindi.

Umumlashtirib aytganda, Samarqand viloyatida sud-huquq sohasi bo‘yicha tashkil qilingan uch kunlik ochiq-jonli muloqotlarda 1 ming 609 ta masala ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, ularning 466 tasi joyida hal qilindi, 363 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat, 195 ta murojaat egasiga tushuntirish berildi, 585 ta murojaat esa nazoratga olindi.

23.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar