2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
6 085 ta ko‘p kvartirali uy-joylar mukammal ta’mirlanadi

Joriy yilning 19 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentning “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 iyulgacha respublikadagi:

–  1 227 ta ko‘p kvartirali uy-joy;

– 30 ta maktab;

–   64 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

–  9 ta OTM va kollej;

–  90 ta avtoturargoh;

–  173 ta bolalar maydonchalari joylashgan hududlar (jami 16 281 878 kv. m maydon) ochiq tanlov o‘tkazish yo‘li bilan boshqaruvchi tashkilotlarga biriktiriladi.

Barcha davlat buyurtmachilariga tanlangan boshqaruvchi tashkilot bilan biriktirilgan hududda istisno tariqasida tanlov o‘tkazmasdan kommunal va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat etiladi.

Qarorga ko‘ra, 2022–2025 yillarda:

–  6 085 ta ko‘p kvartirali uy-joylar mukammal va joriy ta’mirlanadi;

– 1 800 ta bolalar maydonchasi quriladi va ta’mirlanadi;

– ko‘p kvartirali uy-joylarga tutash 1 102 ming kv. m maydondagi yo‘laklar betonlanadi;

– 14 387 ta tashqi yoritish tizimi ta’mirlanadi.  

Shuningdek, ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan va ma’nan eskirgan jami 268 ta ko‘p kvartirali uy-joylar renovatsiya qilinadi. Shundan 2021 yilda 211 ta uylar buzib qayta tiklanadi hamda 57 tasi rekonstruksiya qilinadi.  

2021 yil 1 iyuldan har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun majburiy badallarning yoki to‘lovlarning alohida hisobi yuritilishi shart.

Qarorga ko‘ra, mulkdorlar yoki boshqaruvchilarga ko‘p kvartirali uy-joylarga tutash yer uchastkalari chegaralari va o‘lchamlarini belgilash hamda ularga doimiy foydalanish huquqini belgilovchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun to‘lovlarni bir yil davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.

Boshqaruvchilar bir yilda bir marta ko‘p kvartirali uy-joylardagi tayanch va to‘siq konstruksiyalar (umumiy mol-mulk) butligini xatlovdan o‘tkazadi.

22.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar