Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Xalq ta’limi vaziri andijonlik o‘quvchilar bilan muloqot o‘tkazdi

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyati kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov andijonlik faol va iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashib, muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarning o‘qib, puxta bilim olishi, o‘z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotganligi, ta’lim tizimidagi islohotlar samaralari xususida so‘z yuritildi.  

Umumta’lim maktablarining muddatidan oldin talabalikka qabul qilingan bitiruvchilari, chet tillarini o‘zlashtirish bo‘yicha yuqori natijalarga erishib, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritgan faol va a’lochi o‘quvchilari vazir bilan muloqotda bo‘ldi.

Vazir Sherzod Shermatov andijonlik yoshlarning ilm olish, o‘z orzulariga erishish yo‘lidagi shijoati, intilishi nihoyatda baland ekanligini aytib, ana shu yo‘lda sobitqadam bo‘lishlari kerakligini  alohida ta’kidladi, yoshlarga omadlar tiladi.

Uchrashuv davomida ta’lim samaradorligi, o‘quvchilar faolligini oshirish bo‘yicha o‘zlarining taklif, fikr va mulohazalari bilan faol qatnashgan bir guruh yoshlar Xalq ta’limi vazirining esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

21.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar