2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat prokurorining sayyor qabulida chustlik ehtiyojmand oilalar muammosi hal etildi

Namangan viloyatida ehtiyojmand oilalarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashlariga erishish hududlarda prokuratura idoralari mas’ul ikkinchi sektorlar faoliyatida ustuvorlik kasb etmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Chust tumanida Namangan viloyati prokurori, adliya katta maslahatchisi Jahongir Hotamov tomonidan tashkil etilgan “Sayyor qabul” ham ayni shu ezgu maqsadga qaratildi.

“Bibiona” ziyoratgohida karantin talablari asosida o‘tkazilgan qabul davomida ishga joylashtirish, kredit ajratish, imtiyozli ravishda harbiy xizmatni o‘tash va boshqa masalalar yuzasidan 13 ta murojaat kelib tushdi. Shu jumladan, murojaatlarning to‘rttasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq muddatlar belgilanib, tegishli topshiriqlar berildi.

Tumandagi Ariq bo‘yi mahallasida yashovchi ko‘p bolali ayol Umida Asqarova hozirga qadar ishsiz ekanligini aytib, o‘z murojaatida biror tashkilotga ishga kirishga amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘radi. Viloyat prokurorining topshirig‘i asosida murojaat egasi "Baliqchi" mahalla fuqarolar yig‘iniga yordamchi-inspektor vazifasiga ishga joylashtirilishi ta’minlandi.

Toshqo‘rg‘on mahallasidan Muhiddin Rahimjonov va Bozorboshi mahallasidan Kamron Abilovlar safarbarlik chaqiruvchi rezerviga jalb etilganligi, ammo uning to‘lovini amalga oshirishda moddiy jihatdan qiynalishayotganliklarini bildirdi. Mazkur ikki murojaat ham shu joyning o‘zida ijobiy yechimini topdi.

“Sayyor qabul”ga kelgan har bir fuqaroning murojaatiga alohida e’tibor berilishi, ayniqsa, ma’lum muddat taqozo etiladigan murojaatlar jiddiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Qayd etish joiz, viloyat prokurori, viloyat ikkinchi sektor rahbarining xalq bilan muloqot qilish, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish, fuqarolarning murojaatlariga quloq tutish va ularga yechim izlashga qaratilgan bu boradagi tadbirlari kelgusida ham muntazam ravishda davom ettirish rejalashtirilgan.

20.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar