2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Toshkentda o‘tgan sayyor qabulda qancha murojaat qanoatlantirildi?

Huquqiy jihatdan ko‘makka muhtoj bo‘lgan fuqarolarga kerakli huquqiy yordam ko‘rsatish ishlarini davom ettirish maqsadida 15 iyundan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashabbusi bilan Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Toshkent shahar sudlari va qator tashkilotlar rahbar xodimlari ishtirokida galdagi ommaviy qabullar boshlangani haqida xabar bergandik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islomov rahbarligidagi Ishchi guruh tomonidan Sirg‘ali va Yangihayot tumanlarida sud-huquq masalalari bo‘yicha 15 iyunda boshlangan sayyor qabulning ilk kunida jami 58 nafar fuqaroning murojaatlari qabul qilingandi.

Sayyor qabulning ikkinchi kuni – 16 iyunda esa sud-huquq masalalari bo‘yicha fuqarolarni Oliy sud raisi o‘rinbosari Baxtiyor Isakov, Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Shuhrat Abbasov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Akbarali Turabov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Maqsudbek Saidov va fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha, ma’muriy va iqtisodiy sudlarning raislari va sudyalari jami 55 nafar fuqarodan murojaatlar kelib tushdi. Bu haqda Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova xabar qildi.

Ularning

  • 9 tasi jinoyat;
  • 44 tasi fuqarolik;
  • 2 tasi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etdi.

Murojaatlardan 10 ta ish, xususan:

  • fuqarolik ishlari bo‘yicha uy-joy nizosi, shartnoma nizosi, qalbaki hujjatlarga oid nizo va o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani buzish haqidagi sud qaroridan norozilik;
  • jinoyat ishlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik ishiga oid, hukmdan norozilik kabi holatlar yuzasidagi ishlar nazoratga olindi.

Murojaatlardan 16 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish, 14 tasiga tushuntirishlar berildi. 15 tasi ijobiy hal etilib, murojaatlar qanoatlantirildi.

Qabullar davom etyapti.

18.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar