
Joriy yilning mart oyidan buyon Muzrabot tumanida “Obod qishloq” dasturi doirasida juda ko‘p o‘zgarishlar va obodonchilik ishlari amalga oshirilmoqda.
Aholi farovonligi va turmush darajasini yaxshilash maqsadida qishloqlaru ko‘chalar obod go‘shalarga aylanayapti. Maktab binolari, tibbiyot punktlari qayta rekonstruktsiya qilinib, barcha shart-sharoitlar yaratilayotir. Ko‘chalarga asfalt yotqizilib, elektr tarmoqlari qayta ta’mirdan chiqarildi. Tumandagi “Yurtim jamoli” mahallasida “Kitoblar dun- yosi” do‘koni qurilib, mustaqilligimizning 27 yilligi oldidan foydalanishga topshirilgani eng yaxshi xushxabar bo‘ldi. Kitob xarid qilish uchun Termiz shahri yoki Angor tumaniga yo‘l oladigan yoshlar va ularning ota-onalari endi uzoq yo‘l bosishlariga hojat qolmadi. “Kitoblar dunyosi” do‘koni qarshisida ham muhtasham 21-Bolalar musiqa va san’at maktabining qurilishi allaqachon boshlab yuborilgan edi. Bolalar musiqa va san’at maktabining yangi o‘quv yiliga shay holatga keltirilgani san’atga oshufta yoshlarning katta xursandchiligiga sabab bo‘ldi.
— Shu paytgacha o‘quvchilarimiz tuman markazidagi 10-Bolalar musiqa va san’at maktabiga uzoq yo‘l bosib qatnashardi, — deydi o‘qituvchi Z. Aliqulova. — O‘zimizda ham yangi musiqa maktabining qurib, foydalanishga topshirilishi juda katta yangilik bo‘ldi. Mahallamizda iqtidorli yoshlar juda ko‘p. Samandar Raimqulov, Ma’mura Boltaeva xalqaro ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Endi ana shunday yoshlarimiz musiqa va san’at sirlarini puxta o‘rganishadi.
Kundan kunga chiroy ochib, obod bo‘layotgan “Yurtim jamoli” mahallasi bugun tanib bo‘lmas qiyofada o‘zgardi. Mahalla ahli ham qilinayotgan ishlardan, yaratilayotgan shart-sharoitlardan mamnun.
Surayyo ALIQULOVA
Muzrabot tumani, o‘qituvchi
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |