Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Yoshlar murojaati joyida hal etildi

Buxoro viloyati 4-sektor rahbari, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Ashurov “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida qorovulbozorlik yoshlar bilan uchrashdi. Unda tuman hokimi Akmal Ostonov, yoshlar masalasiga mas’ul tashkilot vakillari va boshqa mutasaddilar qatnashdi.

Uchrashuvda tumandagi “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi o‘g‘il-qizlarning 5 nafariga motokultivator hamda 2 nafariga inkubatorlar topshirildi.

– Kasb-hunar kollejini tamomlaganimdan so‘ng anchadan beri ishsiz edim, – deydi tumanning “Tinchlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Doniyor Salimov. – bugungi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi men uchun foydali bo‘ldi. Sababi, menga subsidiya asosida motokultivator berildi. O‘zim olishga qiynalgandim. Endi motokultivatorni ishlatib daromad topmoqchiman.

100 nafarga yaqin o‘g‘il-qizlar ishtirok etgan uchrashuvda 15 ga yaqin turli xildagi taklif va ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 

E’tiborlisi, murojaatlarning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi. Jumladan, “Turon yakka kurashi” sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan Dilfuza Hayitova va uning ustozi Zarnigor Nuriddinova 4-sektor rahbaridan sportchi yoshlar uchun 20 dona sport kiyim boshlari hamda maxsus sport anjomlarini olib berishlarini so‘rab murojaat qildi. Quvonarlisi, ularning murojaati tuman hokimligi tomonidan tez kunda ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

17.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar