
Navoiy viloyati Nurota tumanidagi Markaziy istirohat bog‘ida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.
Sektor rahbarlari ishtirok etgan tadbirda tumandagi korxona, tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Yarmarkaga tuman hududida yashovchi kam ta’minlangan oilalar, aholining ish bilan band bo‘lmagan qatlami, "Temir daftar"ga kiritilgan yoshlar, ayollar va ish qidiruvchi ishsiz fuqarolar jalb etildi.
Tadbir yakunida 13 nafar ishsiz fuqaroga tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar berildi.
Shuningdek, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan subsidiya asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 41 nafar xotin-qizga tikuv mashinasi va 103 nafariga elektr mini pechlari tarqatildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |