Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan yosh bugun ish beruvchiga aylandi

Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi “Kelajak” yoshlar markazida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi o'rinbosari Kamoliddin Atayev, tuman hokimi Soli Hamroyev va yoshlar ishtirok etgan ochiq muloqotda yoshlarni intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini rivojlantirish, shart-sharoitlar yaratish, qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

Uchquduq kasb-hunar maktabi o‘qituvchisi Suxrob Olimov, Ilyos Xo‘jamov, Sanimay Tumeshova so‘zga chiqib, o‘z taklif va istaklarini bayon etdi.

– Turmush o‘rtog‘im “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turadi, uyda tikuvchilik qiladi, – dedi Ilyos Xo‘jamov. – Faoliyatini kengaytirishda amaliy ko‘mak kerak. Keyinchalik u ishini kengaytirib, ish o‘rinlarini ham yaratishi mumkin.

Sanimay Tumeshova “Shalxar” ovulida yashashi, imtiyozli foizlarda kredit ajratilsa, chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchiligini bildirdi. Mayda shoxli mol parvarishlash uchun yetarli malakaga ega ekanini bayon etdi.

“Qulquduq” ovulidan uchrashuvda ishtirok etgan Qurishbek Jarquatov ham “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan. U 39 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, “Yerler ata” shifobaxsh suvini qadoqlashni yo‘lga qo‘ygan. Bir paytlar ishsizligi bois, ro‘yxatda turgan Qurishbek bugun ish beruvchi. Hozirda 3 nafar tengdoshini ish bilan ta’minlagan.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan Q.Jarquatov ishlab chiqarayotgan mahsulotiga talab kattaligi, buyurtma ko‘pligi bois, faoliyatini yanada kengaytirishni maqsad qilgan. Uning murojaati uchrashuvning o‘zida hal etilib, imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida Yulduz Abdumurodova, Gulira’no Qahhorova, Gulchehra Eshpo‘latova, Mahbuba Parmonova, Zaynabxon Asqarova, Ozoda A’zamova singari “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan yoshlarga gaz plita, elektr pechi, elektr go‘sht maydalagich, tikuv mashinasi, kompyuter jamlanmasi bepul berildi.

Endilikda bu yoshlar tikuvchilik, pazandachilik, kompyuter xizmati yo‘nalishlarida faoliyat olib borib, o‘zini o‘zi band qiladi.

14.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar