2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sud-huquq masalalariga oid sayyor qabullarda fuqarolarga imkoniyatlar berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashabbusi bilan Navoiy viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islomov rahbarligidagi Ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari Ikrom Muslimov ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda 251 nafar fuqaroning murojaati qabul qilindi. Ularning 182 tasi jinoyat, 63 tasi fuqarolik, 4 tasi ma’muriy, 2 tasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etdi.

Murojaatlarning 101 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 99 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojatlar qanoatlantirildi. 51 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilinib, tegishli sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 65 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi, 23 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi yengilroq jazo turiga almashtirildi, 6 nafar shaxs sud zalidan ozod qilingan bo‘lsa, 5 nafar shaxsga oid jinoyat ishi taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatildi.

Qabul davomida 11 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikdan ozod qilindi. Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 66 nafar shaxsga nisbatan aliment undirish yuzasidan, 15 nafar shaxsga nisbatan ish haqini undirish yuzasidan sud buyrug‘i chiqarilib, ijroga qaratildi. 25 nafar shaxsga nisbatan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash bo‘yicha arizasi qanoatlantirildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 1 nafar shaxsga nisbatan moddiy va ma’naviy zarar undirish haqidagi, 6 nafar shaxsga nisbatan qarz undirish to‘g‘risidagi, 9 nafar shaxsga nisbatan ta’minot undirish haqidagi, 1 nafar shaxsga nisbatan kompensatsiya undirish haqidagi da’vo arizalar ijobiy hal etilgan bo‘lsa, taraflar yarashganligi sababli 10 ta aliment undirish haqidagi sud buyrug‘i bekor qilindi, ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, 48 nafar voyaga yetmagan farzandi bor 29 ta oila yarashtirildi.

Sayyor qabullarda iqtisodiy sudlar tomonidan 39 ta ish ko‘rilib, shundan tadbirkor (da’vogar)lar foydasiga jami qariyb 1 trillion 791 million so‘mlik da’vo talablari qanoatlantirildi. Respublika byudjetiga ixtiyoriy ravishda qariyb 32 million so‘m davlat boji to‘langan bo‘lsa, sud qarorlariga asosan 154 million 170 ming so‘m davlat boji undirilishi belgilangan.

Karmana tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vogar yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo Davlat soliq inspeksiyasi javobgar “BAXT-TEXTILE” MCHJga nisbatan 98 million 391 ming 782 so‘m, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vogar Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasi javobgar “Al Aziz Ipagi” MCHJga nisbatan 66 million 147 ming 849 so‘m moliyaviy sanksiya qo‘llash yuzasidan, Karmana tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vogar O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi javobgar “Edumatters” MCHJga nisbatan 1 trillion 525 million 914 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi da’vo arizalar bilan murojaat qilgan. Sudning qabul qilgan hal qiluv qarorlariga asosan, da’vo talablari rad qilinib, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlari sud tomonidan himoya qilindi.

Shuningdek, 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida Navoiy viloyati kesimida ko‘rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha 7 nafar shaxs, shu jumladan 1 nafar ichki ishlar organlari xodimi oqlandi. Bundan tashqari, dastlabki tergov organi tomonidan 17 shaxsga oid 10 ta jinoyat ishi yuzasidan ortiqcha qo‘yilgan ayblov chiqarilgan bo‘lsa, 34 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan, 465 nafar shaxs tayinlangan jazoning qolgan qismini o‘tashdan ozod etilgan bo‘lsa, 229 nafar shaxsga nisbatan tayinlangan jazolar yengilrog‘i bilan almashtirildi.

Har bir amaliy ish ortida inson manfaatlari, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashdek ezgu maqsad mujassam. Sayyor qabullar orqali ayni maqsadlarga erishilmoqda.

31.05.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar