Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Hokim va vazir o‘rinbosari yangiyerlik yoshlar bilan uchrashdi

Sirdaryo viloyati Yangiyer tumanida tashkil etilgan “Hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi”da shahar hokimi I.Xo‘jayev, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari-transport turizm departamenti boshlig‘i general-mayyor B.Mirzaraximov, viloyat milliy gvardiyasi, viloyat ichki ishlar boshqarmalari, mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda 64 nafar yangiyerlik yoshlar o‘zini-o‘zi band qilish orqali bank kreditlari olish istagi borligi, ta’lim krediti, mutaxassisligi bo‘yicha bandlik masalasi, sport turlari bo‘yicha yoshlarga to‘garaklar tashkil etish uchun bino, joy ajratish hamda sport maydonlari tashkil etish kabi dolzarb masalalar bilan murojaat qildi.

Ulardan 2 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 29 tasiga huquqiy maslahatlar berildi, ishga joylashtirish bo‘yicha 9 ta taklif bildirildi, 13 nafar yoshning tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli bank kreditlari bilan ta’minlash va boshqa takliflar bildirildi.

Vazir o‘rinbosari va shahar hokimi uchrashuvda murojaat etgan har bir yoshning ko‘targan masala va muammolarini tinglab, ularning masalasi yuzasidan tegishli soha mas’ullari bilan fikrlashib, kasbga qayta o‘qitib, ularga sertifikat asosida imtiyozli kreditlar ajratish, shu orqali o‘zini-o‘zi band etish yo‘li bilan ular bandligini ta’minlash, har-bir masalaning yechimini ijobiy hal etish yuzasidan kelishib olindi va tegishli soha rahbarlariga ko‘rsatma, topshiriqlar berildi. 

Ushbu topshiriqlar ijrosi shahar hokimligi tomonidan nazoratga olindi.  

Uchrashuvda kasbga qayta o‘qib, bank kreditlari orqali tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan yoshlar ham ishtirok etdi.  

30.05.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar