2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sud-huquq masalalari bo‘yicha qabullar boshlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari hamda Davlat bojxona qo‘mitasi rahbar xodimlari ishtirokida ommaviy qabullar boshlandi.

Dastlabki kuni Ellikqal’a, Beruniy, To‘rtko‘l va Amudaryo tumanlari aholisi Ellikqal’a tumanida qabul qilinib, fuqarolarning sohaga oid murojaat va muammolari o‘rganildi. Ommaviy qabullarning birinchi kunida 207 nafar fuqaro 208 ta masala bo‘yicha murojaat qildi. Ularning 37 tasi joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan 112 tasining ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi, 59 tasiga huquqiy maslahat tushuntirish berildi.

Jumladan, To‘rtko‘l tumanida istiqomat qiluvchi Rano Karibayeva tuman pedagogika kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelayotgan edi. Ammo negadir kollej rahbari tomonidan 37 nafar xodimning orasida u ham sababsiz ishdan bo‘shatildi. O‘z huquqini talab qilgan Ra’no o‘tgan galgi ommaviy qabulga kelib, Prezident Administratsiyasi ma’sullariga murojaat qilgan edi. Uning ishi sudda ko‘rilib, avvalgi ishiga qonuniy qayta tiklandi.

Murojaatlarda eng ko‘p – 141 ta masala sud huquq sohasiga oid bo‘ldi. Shu yerning o‘zida 29 nafar fuqaroning masalasi ijobiy yechim topdi. Shulardan biri Amudaryo tumanidan Dilorom Yakubovadir.

–Nomutaxassis degan vaj bilan ishdan bo‘shatilgan edim, – deydi Diloram Yakubova. – Ommaviy qabullardagi sud mas’ullariga murojaatim fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo sudida ko‘rib chiqildi. Mazkur sud qarori bilan yana o‘z ishimga qayta tiklandim. Sayyor qabullar fuqarolarning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilmoqda.

Yillar davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar barchasini bir kunda yoki bir martalik qabullar davomida hal etib bo‘lmasligi aniq. Ommaviy qabullar davomida yechimi vaqt talab etadigan muammolar ham anchagina ekanligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas’ullari esa 46 nafar fuqaroning murojaatini tingladi. Aliment undirish va kredit olishda amaliy yordam so‘ragan fuqarolarning muammolari joyida hal etildi. Xususan, Nigora Eshimbetova “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Kredit olib, tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi. Ammo bank tomonidan unga kreditni vaqtida ajratishda biroz muammo yuzaga keldi. Ushbu masalada Bosh prokuratura mas’ullariga murojaati shu yerning o‘zida bank vakillari bilan birgalikda hal etildi. Ommaviy qabulda Nigora kabi yana ikki nafar ayolga o‘zini o‘zi band qilib, oilasiga qo‘shimcha daromat kiritishiga imkoniyat berildi.

Ommaviy qabuldagi murojaatlar tahlillaridan banklar tomonidan imtiyozli kreditlarni asossiz ajratmaslik, hujjatlarda sansalorliklarga yo‘l qo‘yish yoki tanish-bilishchiliklarning avj olishi, qator muammolarning hal bo‘lmasligi odamlarda jiddiy norozilik tug‘dirayotgani ko‘rinib turibdi. Qabul davomida hudud aholisi uchun dolzarb bo‘lgan muammolar o‘rganib chiqilib, respublika darajasida hal etish yuzasidan takliflar tayyorlandi.

Sayyor qabul Chimboy tumanida davom etdi.

22.05.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar