
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimga tayinlangan – Egamberdiyev Jasur Mahmudjonovich ilk ish kunini ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bemorlar holidan xabar olishdek xayrli ish bilan boshladi.
Jasur Egamberdiyev tayinlovga qadar Guliston shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.
U 1986 yil Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida tug‘ilgan, Guliston davlat universitetini tamomlagan.
Yangi o‘rinbosar uyida yotib qolgan bemorlar uylarida bo‘lib, bilan dildan suhbatlashdi, ularga kundalik turmushda zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ulashdi.
Yangiyer shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, 2017 yildan buyon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan Abduqodirov Abdushoxid Isroilovich yangi lavozimga – Yangiyer shahar hokimining jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |