2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ko‘ngillardan ko‘ngillarga ko‘chayotgan obodlik

“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi O‘zbekiston qishlog‘i kundan-kun chiroy ochib, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.

Mazkur qishloqda dastur doirasida olib borilayotgan ishlar sust ekani haqida O‘zA veb-saytida 2018-yil 29-iyunda “Ezgu maqsad ro‘yobiga boqimandalik kayfiyati xalal bermoqda” sarlavhali tanqidiy maqola e’lon qilingan edi. Bu tanqiddan to‘g‘ri xulosa chiqarilib, o‘tgan qisqa vaqt ichida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 

Qishloqdagi noqonuniy qurilgan bino va inshootlar buzib tashlanib, 148 oila istiqomat qilayotgan 12 ko‘p qavatli uyning tom qismi yangilandi, yo‘laklardagi eshik-romlar yangisiga almashtirildi. Tashqi qismi, yo‘laklar ta’mirlangandan so‘ng uylar o‘zgacha chiroy ochdi. 

Ayni paytda qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari avjida. Bu ishda aholi vakillari ham faol ishtirok etmoqda. Qishloqda bekor yurgan kishini uchratmaysiz. 

Qishloqdagi ishsiz fuqarolar tuman bandlikka ko‘maklash markazi tomonidan haq to‘lanadigan jamoat ishi sifatida qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan. Ishsizlardan tashkil topgan 7 ta brigadada 80 kishi mehnat qilayotir. Maxsus texnika va mutaxassislarni hisobga olmaganda, dastur doirasidagi barcha ishlarni qishloq ahlining o‘zi amalga oshirayotir. 

Eng muhimi, “Obod qishloq” dasturi nafaqat qishloq qiyofasini, balki odamlarning dunyoqarashini, hayotga munosabatini ham o‘zgartirib yubordi. Shu choqqacha boqimandalik, befarqlik kayfiyatida yurgan kishilar ham harakatga tushgan. Hech bo‘lmasa, hovlisidagi kamchiliklarni o‘zi tuzatayotir. Hamma o‘z hayotini yanada farovon qilishga intilmoqda. 

Ish ko‘lami esa kattagina, hammaga yumush topiladi. Hozirgacha hududdan 40 ming tonna chiqindi olib chiqildi, mavjud 24 ko‘chaning barchasiga ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. 28,8 kilometrlik ichki yo‘llarga shag‘al va asfalьt yotqizilayotir. 

Dastur doirasida yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan qishloq tadbirkorlari mini-market, 8 do‘kondan iborat savdo majmuasi, hammom, to‘yxona qurmoqda. Bundan tashqari, tarkibida sport zali, sartaroshxona, go‘zallik saloni, fitobar bo‘lgan maishiy xizmat ko‘rsatish markazi barpo etilayotir. 

Bo‘sh turgan binolar tadbirkorlar tomonidan ta’mirlanib, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish korxonalariga aylantirilayotgani, ya’ni ish o‘rni yaratilayotgani odamlarning turmushga munosabati o‘zgargani tasdig‘idir. 

– Qishloq markazidagi bo‘sh turgan binoni rekonstruktsiya qilib, savdo va ishlab chiqarish majmuasi barpo etmoqdamiz, – deydi “Asadbek Jasmin” xususiy korxonasi rahbari Zokir Jo‘raev. – Majmuada non mahsulotlari ishlab chiqarish tsexi, oziq-ovqat, kiyim-kechak va poyabzal do‘konlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Yonida 180 o‘rinli to‘y va boshqa tadbirlar o‘tkaziladigan choyxona bo‘ladi. Bu ishlarga 300 million so‘m o‘z mablag‘imiz va 200 million so‘m bank krediti sarflandi. 

Qishloqning yana bir tadbirkori Laylo Ubaydullaeva tuman hokimligi tomonidan berilgan 10 tikuv mashinasi bilan yangi tsexni ishga tushirdi. Ayni paytda ushbu tsexda 20 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 

“Obod qishloq” dasturi asosida hududda yashovchi yigirma tadbirkor imtiyozli shartlarda kredit olib, o‘z biznesini kengaytirdi. 

Maktabgacha ta’lim muassasasini rekonstruktsiya qilishga 2 milliard 600 million so‘m yo‘naltiriladi. Rekonstruktsiya davomida 6 inshootdan iborat binolar oynavand yo‘laklar bilan bog‘lanadi. Ingliz va rus tillari, jismoniy tarbiya va musiqa, o‘qish va yozishni o‘rgatish uchun zamonaviy sharoit yaratilishi ko‘zda tutilgan. Yaqinda muassasaga 40 million so‘mlik stol-stul va kitoblar keltirildi. 

Dastur doirasida sobiq qishloq vrachlik punkti o‘rnida oilaviy poliklinika barpo etilmoqda. Bino ta’miri uchun 800 million so‘mlik ish bajarilishi ko‘zda tutilgan. 

Muxtasar aytganda, Mirzacho‘lni o‘zlashtirishning dastlabki davrida barpo etilib, keyingi yillarda e’tibordan chetda qolgan O‘zbekiston qishlog‘i bugun “Obod qishloq” dasturi tufayli tobora zamonaviy qiyofa kasb etmoqda, odamlar turmush farovonligi yuksalmoqda. Eng muhimi, ko‘ngillardan ko‘ngillarga ko‘chayotgan bu obodlikdan qishloq ahli behad mamnun. 

Toshqul Beknazarov, O‘zA

12.09.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar