2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat prokurori xonada o‘tirmasdan mahallaga bordi

Farg‘ona viloyati prokurori Baxtiyor Ismoilovning haftalik ish rejasida hududlarda bo‘lib, aholi bilan muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston va Beshariq tumanlarida o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida ellikdan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Ularning aksariyatini tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun kredit va ijaraga bino ajratish, ishga joylashtirish, issiqxona uchun subsidiyalar ajratish, davolanishga yuborish va boshqa ijtimoiy masalalar tashkil qildi. Beshariq tumanidagi qabulda murojaatlarning 17 tasi joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan 14 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi. 4 nafar xotin-qizlar va yoshlarning bandligi ta’minlandi.

Xususan, tumandagi “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi O.Rasulova, Yangi Qashqar mahallasida yashovchi S.Soliyevalar tuman tibbiyot birlashmasiga, U.Xudoyqulova va D.Ahmedovalar tuman obodonlashtirish boshqarmasiga doimiy ishga joylashtirildi. M.Jahongirovning meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan muzlatgich qurilishiga kredit ajratilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Viloyat prokurori 2-sektordagi “Qorayantoq” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaro S.Musulmonqulovaning xonadoniga bordi. U bilan suhbatlashdi hamda uni uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojligini hisobga olib, unga yangi turar-joy qurilishida amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilab olindi hamda ishlar shu kunni o‘zida boshlab yuborildi.

2-sektor hududida joylashgan 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bir necha yillarda bayon mukammal ta’mirga muhtoj. Uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hududda bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish darajasini oshirishni davrni o‘zi taqozo etmoqda. Sektor rahbari tashabbusi bilan qariyb 800 million so‘mga yaqin homiylik mablag‘lari jalb qilingani holda ishlab chiqilgan loyiha asosida ushbu muassasada qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish belgilandi.

Viloyat prokurori mazkur muassasaning hozirgi kundagi holati va rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan tanishdi hamda mas’ullarga o‘zining tegishli tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi. Qurilish-ta’mirlash ishlari doirasida muassasa hududi atrofi devor bilan qayta o‘ralishi, oshxona, qorovul xona va boshqa yangi qo‘shimcha binolar qurilishi ta’minlanadi hamda mavjud binolar ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi.

Hozirgi kunda mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti sektor hududida yashovchi 100 ga yaqin bolalarni qamrab olgan bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlari yakuni bo‘yicha muassasaning bolalarni qamrab olish imkoniyati 280 nafarga yetadi va qo‘shimcha 6 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

10.05.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar