
2021-yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
Uchquduq tumanida yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash ishlarini samarali tashkil etish muhim vazifalardan.
Tumanda “Yoshlar daftari” shakllantirilgan bo‘lib, ushbu daftarga 612 nafar 30 yoshgacha bo‘lgan uchquduqlik yigit-qiz kiritilgan. Ularning 514 nafari ishsiz, 98 nafari ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo‘lgan yoshlar.
– Navoiy viloyati Markaziy bank bosh boshqarmasi boshlig‘i Islombek Saidov va “Mikrokreditbank” Navoiy viloyat filiali boshqaruvchisi Husen Amonov, Uchquduq tuman hokimi birinchi o‘rinbosari Farrux Bafoyev tumandagi "Ayollar" va "Yoshlar daftari"da bӯlgan 19 ta oilaga 105 bosh chorva mollari, 9 nafar tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizga tikuv mashinasini yetkazib berdi, – deydi tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Rayhon Qodirova. – Amalga oshirilgan ishlar natijasida shu kunning o‘zida “Altintau” OFY, “Mingbuloq” OFY hamda “Kokpatas” MFY dagi 21 nafar “Yoshlar daftari” hamda 14 nafar “Ayollar daftari”ga tushgan fuqaroning bandligi ta’minlandi.
Uchquduq tumanida yoshlar va xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish natijasida ularning bandligi ta’minlanmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |