Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Joriy yilda ichki xo‘jalik yo‘llarini qurish va ta’mirlash uchun 3,6 trln. so‘m mablag‘ ajratilmoqda

“Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlar ijrosini ta’minlash doirasida ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlashni samarali tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori vazifasini bajaruvchi Ma’rufxon Xodjayev boshchiligida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini samarali tashkil etish, ajratilgan mablag‘lardan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, talon-toroj qilish holatlarining oldini olish bo‘yicha videokonferensaloqa orqali kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  

Yig‘ilishda qayd etilgan qaror bilan belgilangan vazifalarni to‘g‘ri tashkil etish, barcha mas’ullar bir bo‘lib, har bir ob’ekt bo‘yicha tizimli nazoratni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.  

Joriy yilda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa dasturlar doirasida 10.114 km ichki xo‘jalik yo‘llarini qurish va ta’mirlash uchun 3,6  trln. so‘m mablag‘ ajratilmoqda.  

Ajratilayotgan pul mablag‘lari manzilli va samarali ishlatilishini ta’minlash, talon-torojliklarning oldini olish maqsadida Transport prokurorining farmoyishi bilan Respublika Transport prokuraturasi Shtabi, hududlarda quyi transport prokurorlar rahbarligida alohida Ishchi guruhlar tashkil etildi.  

Endilikda, har bir yo‘l qurilishi ob’ektlarida ishlarning borishini kundalik o‘rganib borish uchun prokuratura va boshqa mas’ul idoralardan malakali mutaxassislar biriktirilib, yo‘l qurilishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, byudjet pullari maqsadli ishlatilishini ta’minlash bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.

07.04.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar