Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Aholining muammolariga yechim topildi

Buxoro tumanidagi Xonobod MFY 25-sonli umumta’lim maktabi binosida «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»lariga kiritilgan fuqarolar bilan viloyatdagi huquq tartibot idoralari rahbarlarining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda 15 nafar fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Shundan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqaro Sh.Ziyodullayevga mototraktor va uning barcha anjomlari kredit asosida olib berildi.

– Rahbarlarga qilgan murojaatim zoye ketmadi, – deydi Sh.Ziyodullayev. – Bahor oyida tomorqada ish qizg‘in bo‘ladi. Bunga asosan mototraktordan foydalanamiz. Kreditga olgan mototraktor bilan o‘zimni va qishloqdoshlarimni tomorqasida ishlab oilamga daromad olib kelaman.

Qabulda Xonobod MFY, Xonobod qishlog‘ida yashovchi 1-guruh nogironi fuqaro R.Xayrullayevga tuman prokurori tashabbusi bilan nogironlik aravachasi berildi.

Hududdagi «Ayollar daftarida» ro‘yxatda turuvchi 11 nafar ayolga kredit asosida hamda bir nafariga homiylar tomonidan tikuv mashinasi berildi.

«Yoshlar daftari» bo‘yicha yoshlarga kredit berish masalasida tavsiyalar berildi. Ularga kredit hujjatlarini rasmiylashtirishi uchun AT «Xalq banki»ning Gala-osiyo filialiga yo‘llanma taqdim qilindi.

29.03.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar