2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sirdaryolik hokimlar “Bag‘dod tajribasi”ni o‘rganish uchun Farg‘onada bo‘ldi

Prezidentimiz «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida uy-joy qurilishi bo‘yicha «Bag‘dod tajribasi»ni hamma hokimlar borib o‘rganishi bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Shunga ko‘ra, bugun Sirdaryo viloyati shahar-tumanlari hokimlaridan iborat delegatsiya Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida bo‘ldi.

Dastlab mehmonlar tumanning “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilayotgan Guliston yo‘ldosh shaharchasi bilan tanishdi. Bu yerda ayni kunlarda 1000 xonadonli 50 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi jadallik bilan olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati vakillari qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, bunda qad rostlayotgan ijtimoiy soha ob’ektlari, kommunikatsiya tarmoqlari, aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yangi ko‘p qavatli uylarga ko‘chib kelgan aholi uchun doimiy daromad manbalarini yaratish maqsadida shaharchaning yondosh hududidagi jami 100 gektar maydonda 1000 ta issiqxona barpo etilmoqda. Har biri 10 sotixdan iborat bo‘lgan issiqxonalar aholiga 7 yilga (3 yillik imtiyozli davr) kredit asosida beriladi. E’tiborli jihati shundaki, limonchilikka ixtisoslashgan kooperatsiya tomonidan issiqxonalarda tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatilib, limon ko‘chatlari markazlashgan holatda ekib berilmoqda.

Shaharchadan atigi 400 metr masofada “Muruvvat” yoshlar kichik sanoat zonasi tashkil etilgan. 14,3 gektar maydonni o‘zida qamragan ushbu sanoat zonasi 57 ta lotdan iborat bo‘lib, shu kunga qadar umumiy qiymati 40,7 milliard so‘mlik 23 ta loyiha joylashtirildi va ularda qurilish ishlari shiddat bilan davom etayotir. Sanoat zonasidan o‘rin olgan barcha loyihalar amalga oshsa, 850 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Sirdaryolik mehmonlar tadbirkorlar bilan suhbatlashib, yangi loyihalar va ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlari xususida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldi.

Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari tumandagi yana bir yirik loyiha – “G‘ofurjon dehqon” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli zamonaviy chorva kompleksi faoliyati bilan tanishdi. Faoliyat boshlaganiga endigina 1,5 yil bo‘lgan mazkur xo‘jalikda hozirda Avstriya davlatidan keltirilgan 712 bosh naslli qoramol parvarish qilinmoqda. Loyihaning ikkinchi bosqichida – joriy yil oxiriga kelib, qoramollar sonini 1 ming 500 taga yetkazish, go‘sht va sutni qayta ishlash liniyalarini ishga tushirish belgilangan.

Sirdaryolik hokimlar Bag‘dodda yuz berayotgan o‘zgarishlar va yangilanishlarni yuqori baholab, O‘zbekiston ravnaqi hamda xalqimiz farovonligini oshirish yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasiga guvoh bo‘ldi.

Shu tariqa “Bag‘dod tajribasi”ni o‘rganish uchun kelgan Sirdaryo viloyati delegatsiyasining tashrifi yakuniga yetdi.

27.03.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar