
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida “Ayollar daftari”ga 2 ming 527 nafar xotin-qiz kiritilgan.
Ayni kunlarda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratib berish choralari ko‘rilmoqda.
Navro‘z bayrami arafasida boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan va kam ta’minlangani sababli ro‘yxatga olingan 30 nafar fuqaroga tikuv mashinalari, yana 10 nafariga ikki boshdan qo‘y berildi.
“Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Mahbubaxon Yo‘ldasheva bichish-tikishning hadisini olgan, ammo shu kungacha ro‘zg‘oridan orttirib tikuv mashinasini xarid qila olmayotgan edi. Unga subsidiya mablag‘lari hisobidan zamonaviy tikuv mashinasi topshirildi.
– Bayramda yaxshi sovg‘a bo‘ldi, – deydi quvonch bilan M.Yo‘ldasheva. – Anchadan beri oilamizga qo‘shimcha daromad keltirishni maqsad qilib yurgandim. Mana, bugun bu niyatim amalga oshdi. Endi yangi tikuv mashinasidan samarali foydalanib, ro‘zg‘orimni butlayman.
Mart oyining o‘zida tumanda 49 nafar ayolga zamonaviy tikuv mashinasi va 21 nafar ayolga ikki boshdan qo‘y berildi, 56 xotin-qizning esa bandligi ta’minlandi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |