Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Adliya vaziri tadbirkorlar muammolarini tingladi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani tadbirkorlari bilan uchrashdi.

Tadbirda turli soha va yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari, yangi biznes loyiha va rejalar ustida izlanayotgan tashabbuskor yosh tadbirkorlar ishtirok etdi.  

Adliya vaziri R.Davletov “Asakabank“ rahbari va boshqa mas’ullar bilan birga 50 nafarga yaqin murojaatchilarning tadbirkorlik bo‘yicha, kreditlar ajratilishida uchraydigan  muammolari o‘rganildi. Har bir yo‘nalishlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.  

Shu joyning o‘zida Davlat xizmatlari markazi xodimlari 20 ga yaqin sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatdi. 2 nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun ariza bergan bo‘lsa, ichimlik suvi va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha ham sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.  

– Biz bunday sayyor xizmatlar davomida aholi o‘rtasida markazlarga kelmasdan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda olishni ham targ‘ib qilyapmiz, – deydi Yuqori Chirchiq tuman Davlat xizmatlari markazi direktori Baxtiyor Abduqodirov. – Mazkur portal orqali murojaat qilgan shaxslarga markazga shaxsan borib to‘lanadigan to‘lovga nisbatan kamroq to‘lash imkoniyati bor. Ya’ni ularga imtiyoz berish orqali qulayliklar yaratilganligi tushuntirildi. Bunday qulayliklardan samarali foydalanish esa fuqarolarimizning vaqti ham, mablag‘i ham tejalishiga yordam beradi. Qolaversa, Davlat xizmatlari markazlaridagi uzundan uzoq navbat kutishlarning oldi olinadi.  

Hozir tumandagi 47 ta mahalla fuqarolari yig‘inlariga sayyor tartibda xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.  

13.03.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar