2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Oliy sud raisi uch kunda 711 nafar xorazmlik murojaatchini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozim Komilov uch kun davomida Xorazm viloyatining Shovot, Hazorasp, Xonqa tumanlari, Urganch va Xiva shaharlarida sayyor qabullar o‘tkazdi.

Murojaatlari tinglangan 711 nafar fuqaroning 239 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 318 tasi fuqarolik ishlari bo‘yicha, 118 tasi ma’muriy ishlar bo‘yicha, 36 tasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid masalalar bo‘ldi. Ularning 399 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, 312 ta murojaat joyida hal etildi.

– Shu kunlarda iqtisodiy sudlar tomonidan xususiy tadbirkorlik, shu jumladan, kichik biznes sub’ektlari, fermer xo‘jaliklari va dehqon xo‘jaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlarning da’vogarligida 4 milliard 827 million 66 ming so‘mlik jami 28 ta da’vo ariza ko‘rib chiqildi, – deydi Xorazm viloyat sudining Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘yicha bosh konsultanti Bunyodbek Xusinov. – Tadbirkorlarning 3 milliard 147 million 550 ming so‘mlik da’vo talablari qanoatlantirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning shu davriga qadar Xorazm viloyatda 8 nafar shaxs sud zalida qamoqdan, 193 nafar shaxs tayinlangan jazoning qolgan qismini o‘tashdan ozod etilgan. Shuningdek, viloyati kesimida dastlabki tergov organi tomonidan 12 shaxsga oid 6 ta jinoyat ishi yuzasidan ortiqcha qo‘yilgan ayblov chiqarilgan bo‘lsa, ko‘rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha jami 5 nafar shaxs, shu jumladan, 2 nafar ichki ishlar xodimlari oqlangan.

09.03.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar